So’nggi yangiliklar

14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  2 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  6 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  3 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  1 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  12

"Manchester Siti" 150 mln evrolik transferni amalga oshirishi mumkin Yangiliklar

"Manchester Siti" 150 mln evrolik transferni amalga oshirishi mumkin

"Manchester Siti" Florian Virc uchun 150 million evro to'lashga tayyor.

Get German Football News nashrining Bild’ga tayanib xabar berishicha, "Bayer" hamon Florian Vircni yana bir mavsum klubda qolishiga ishonch bildirmoqda va u bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish umidini yo'qotmagan. 

Biroq, agar Virc shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilsa, u shu yozning o'zidayoq klubni tark etishi ehtimoli yuqori. Bunday holda "Bayer" xaridor jamoadan kamida 150 million evro talab qiladi.

Takidlanishicha, "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchi bilan uchrashib, uning jamoa tizimiga qanday moslashishi va Kevin de Bryuynening o'rnini qanday egallashi haqida tushuntirgan. "Shaharliklar" "Bayer"ga 150 million evro to'lashga va Florianga yiliga 25 million evro maosh taklif qilishga tayyor.

21 yoshli futbolchiga "Siti"dan tashqari, "Real" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. Vircning kelajagi haqidagi qarori ko'p jihatdan uning maqsadlariga bog'liq - u Chempionlar Ligasini va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istaydi. Bu borada u "Real"ga o'tish variantini maqul ko'rmoqda, "Bavariya" varianti esa uni kamroq qiziqtirmoqda. Shu bilan birga, madridliklar xavbekni sotib olish masalasini faqat may oyida hal qilishmoqchi. Futbolchining otasi Vircning "Bavariya"ga o'tishini afzal ko'rmoqda. U allaqachon Myunxen klubi vakili Uli Xeness bilan bir necha bor uchrashgan.

Virc joriy mavsum Bundesligada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика