"Manchester Siti" 14 yil ichida ilk marta ketma-ket 3 ta rasmiy uchrashuvda gol urolmadi
16 avg 2021 00:07
Yangiliklar
"Manchester Siti" 14 yil ichida ilk marta ketma-ket 3 ta rasmiy uchrashuvda gol urolmadi
"Manchester Siti" APLning 1-tur uchrashuvida "Tottenhem"ga yutqazdi (0:1).
Pep Gvardiola shogirdlari ketma-ket uchta rasmiy uchrashuvda gol urishmagan. Bu hodisa "shaharliklar" bilan 2007 yil martidan buyon birinchi marta sodir bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Man Siti" Angliya Superkubogi doirasida "Lester" (0:1)ga hamda o'tgan mavsum CHempionlar ligasi finalida "CHelsi"ga (0:1) yutqazgandi.
"SHaharliklar"ning navbatdagi o'yini 21 avgust kuni bo'lib o'tadi. Jamoa APLning 2-turida "Norvich" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar