Manba: Grilish "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzdi
05 avg 2021 21:34
Yangiliklar
Manba: Grilish "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzdi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.
Bu haqda jurnalist-insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaning malum qilishicha, bugun futbolchi "shaharliklar" bilan 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Tez orada rasmiy xabar beriladi.
Kelishuv summasi 100 million funt bo'lib, bu APL rekordi sanaladi.
Aytishlaricha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Grilish bilan shaxsan suhbatlashishga ham ulgurgan.
Fikrlar