“Man Siti”ning 2 ajoyib seriyasi o'z nihoyasiga etdi
08 mar 2021 01:15
Yangiliklar


“Man Siti”ning 2 ajoyib seriyasi o'z nihoyasiga etdi
APL 27-turidan o'rin olgan “Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, “shaharliklar”ning barcha musobaqalarda davom etgan 28 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. SHuningdek, Gvardiola shogirdlari bugungacha qatorasiga 21 o'yindan beri g'alaba qozonib kelishayotgandi va ushbu ajoyib natija ham tugadi.
Malumot o'rnida, “Siti” so'nggi bor 2020 yil 21 noyabrda “Tottenxem”ga (0:2) engilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar