“Man Siti” – “Tottenxem”. Liga Kubogi finali oldidan “Angliya futboli” storisi va Telegram'dagi sahifamizda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari
25 apr 2021 18:20
Yangiliklar


“Man Siti” – “Tottenxem”. Liga Kubogi finali oldidan “Angliya futboli” storisi va Telegram'dagi sahifamizda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari
Uchrashuv 20:30 da Londondagi “Uembli” stadionida boshlanadi.
Final oldidan saytimizning 2 platformasidagi obunachilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi va ularda ham ustunlik Pep Gvardiola shogirdlariga berildi.
“Angliya futboli” storisidagi natijalar: “Man Siti” – 65 %. “Tottenxem” – 35 %
“Telegram”dagi sahifamizga qo'yilgan so'rovnomada esa 6,100 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:
“Man Siti” – 68 % ovoz berilgan
“Tottenxem” – 32 %
Mazkur jamoalar o'rtasida o'tkazilgan oxirgi 10 bahsning 6 tasida “shaharliklar” zafar quchgan bo'lsa, uchtasida “shporlar”ning qo'li baland kelgan va bitta o'yinda durang qayd etilgan.
Malumot o'rnida, bugun “Tottenxem”ni maydonga 29 yoshli Rayan Meyson boshlab tushadi. U APL tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi va bugun faoliyatidagi ilk titulini ham qo'lga kiritishi mumkin.
Angliya Liga Kubogidagi sovrinlar:
“Manchester Siti” – 7 ta (1970, 1976, 2014, 2016, 2018, 2019, 2020)
“Tottenxem” – 4 ta (1971, 1973, 1999, 2008)
Manchester City Aymeric Laporte - 82' |
EFL Cup . final-tur 25/04/2021, 21:30 0
:
1
Tugadi
|
Tottenham Hotspur |
Stadion: Wembley, 7773 tomoshabin
Bosh hakam: Paul Tierney
Eldor Akmurzaev tayyorladi
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar