“Man Siti” muxlislari uchun xushxabar
31 jan 2021 20:06
Yangiliklar


“Man Siti” muxlislari uchun xushxabar
“SHaharliklar” forvardi Serxio Aguero koronavirusdan to'liq tuzaldi.
“Koronavirusdan to'liq sog'ayib, bugun klub sport zalida mashq o'tkazdim va tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qaytaman. Buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deya tvit qoldirgan argentinalik o'z sahifasiga.
Hujumchi joriy mavsum APLda atigi beshta o'yin o'tkazdi, uni o'tgan yildan buyon eski jarohatlar bezovta qilib kelmoqda.
U so'nggi bor maydonda 3 yanvar kuni “CHelsi”ga (3:1) qarshi bahsda ko'rinish berib, bahsning oxirgi daqiqalarida zaxiradan tushgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar