"Man Siti" "Atletiko" himoyachisi uchun 89+5 mln evro taklif qildi
14 sen 2020 20:18
Yangiliklar


"Man Siti" "Atletiko" himoyachisi uchun 89+5 mln evro taklif qildi
"Atletiko" markaziy himoyachisi Xose Ximenes "Manchester Siti" qiziqishlariga sabab bo'ldi.
Manchester klubi allaqachon 25 yoshli urugvaylik futbolchini transfer qilish bo'yicha "Atletiko"ga rasmiy taklif bilan chiqqan. "Man Siti" 89 million evro va bonus sifatida 5 million taklif qildi.
"Atletiko" 120 millon evrolik tovon pulini faollashtirmasdan turib, futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Futbolchi Madridda o'zini qulay his etadi, biroq u "Siti"dan juda foydali taklif oldi. "Matraschilar" ustozi Diego Simeone futbolchini qolishga ko'ndirishga intiladi.
Malumot uchun, Ximenes 7 mavsumni "Atletiko"da o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, bir yil oldin "Manchester Siti" 70 million evrolik tovon pulini to'lab, "Atletiko"dan yarim himoyachi Rodrini sotib olgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar