So’nggi yangiliklar

08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  4 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  3 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0

Mamur Saidqosimov: "Endilikda murabbiylar natija uchun emas, futbolchi tarbiyalab berganiga ustama haqqi olishadi" Yangiliklar

Mamur Saidqosimov: "Endilikda murabbiylar natija uchun emas, futbolchi tarbiyalab berganiga ustama haqqi olishadi"

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston futbol associaciyasi va UEFA o'rtasidagi o'zaro tajriba almashish bo'yicha hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizda bo'lib hududiy futbol associaciyalari bilan yaqindan tanishdi va o'z tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.

Xo'sh, yakuniy xulosa qanday bo'ldi? Qanday kamchiliklar aniqlandi? Joriy yilgi turnirlar qay tarzda o'tdi? SHu va boshqa savollarga javob olish uchun O'FA bolalar, o'smirlar, ommaviy futbolini rivojlantirish va musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimovga yuzlandik.

- Pandemiya sabab mavsum boshidagi rejalar, o'tkazilishi kerak bo'lgan turnirlarning aksariyati o'zgarib ketgani tabiiy. Mana 2020 yil ham yakuniga etib bormoqda. Bu borada rejadagi ishlar qay darajada amalga oshdi? Dastlab shu haqila malumot bera olasizmi?

- Prezidentimizning 2019 yil  4 dekabrdagi Farmonlari asosida dastlab maktablar futbol ligasi o'tkazilishi kerak edi. Yanvar oyining oxiri va fevral oyining boshida rejalarni ishlab chiqib viloyatlar bilan, xalq talimi vazirligi bilan ishlashni boshladik. 5-6 ta viloyat maktablar ligasining birinchi bosqichini boshlashgandi. Pandemiya sabab bularning barini qoldirishga to'g'ri keldi. BO'SM, IBO'SMlar o'rtasid sport maktablari futbol ligasini ham bahor oyida rejalashtirgan edik. Birinchi hududiy viloyat bosqichida rejamiz bo'yicha jamoalar uy-safar tizimida har shanba yakshanba kuni o'ynardi. Kuz oyiga kelib esa final bosqichi bo'lardi. Bunga ham pandemiya o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi.  Futbol maxorati maktablari ( futbol akademiyalari) o'rtasida Professional futbol maktablar ligasi musobakalarini ham yuqoridagi shaklda o'tkazishimiz kerak edi. Lekin mavjud sharoitdan kelib chiqib markazlashgan holatda o'tdi. Karantin choralari engillashtirilgach sekin-asta tadbirlarga, musobaqalarga ruxsat bera boshladik. Viloyat futbol associaciyalaridan qisqa muddatda, ikki hafta ichida bolalar maktabga chiqmagan paytda tayyorgarlik va mashg'ulotlarni boshlashlarini so'radik. Sentyabr oyining ikkinchi yarimida viloyat bosqichlarini o'tkazib olishgach, shu oyning oxirgi o'n kunligida oltita yosh toifasida BO'SM va IBO'SMlar o'rtasidagi sport maktablari futbol ligasi turnirini, oktyabr oyida esa viloyat terma jamoalari ishtirokida O'zbekiston kubogi musobaqasini o'tkazib olishni uddasidan chiqdik. 

Maxsus jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi bilan viloyatlarda farmondan kelib chiqib "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi" turnirlarining qay darajada amalga oshirilganligini ko'rdik. Men o'zim oltita viloyatga Namangan, Farg'ona, Andijon, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatlariga biriktirilganman. Ananaga aylanib borayotgan "CHarm to'p" musobaqasini ham noyabr oyida tashkil qildik, final uchrashuviga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qildi. SHuningdek futbol mahorat maktablari o'rtasida ham chempionat va kubok bahslarini oxiriga etkazib oldik. Dekabr oyining boshida 15 yoshli qizlar o'rtasida viloyat terma jamoalari ishtirokidagi turnirni ham chiroyli tarzda o'tishini taminladik, harajatlar, sovg'alarni, yotqoxonasi, kelib ketishi bari O'FA tomonidan qoplandi. Viloyatlardan kelgan har bir jamoalarga 10tadan to'p berildi. Mana kuni kecha O'zbekiston futbol associaciyasi va Toshkent shahar futbol associaciyalari hamkorligida ilk marotaba Toshkentda ikki yirik musobaqa g'oliblari o'rtasida Superkubok o'yinlarini ham yaxshi saviyada tashkil etdik. Yangi yilga qadar yana bir turnirni o'tkazib olishga harakat qilmoqdamiz.

- Pandemiya sharoitida hududiy futbol associaciyalarini qo'llab-quvvatlash qanday bo'ldi?

- Hududiy futbol associaciyalari bilan doim aloqadamiz. Bizda shunday bo'lim ham bor. Ular bilan birgalikda fevral oyidan boshlab viloyatlarni aylanishni boshladik. Har bir hududni ko'zdan kechirdik. Hududiy futbol associaciyalarini moliyalashtirish haqida Vazirlar mahkamasining 311-sonli qarori tasdiqlandi. Bu borada qanday ish olib borishmoqda, ishlar qanday yo'lga qo'yilgan, hududlarda bolalar futboliga etibor qay darajada, kimlar ishlayapti, shularning barini o'rganib rahbariyatga tavsiyalarimizni berdik. Biz jihoz tomonlama ularni qo'llab-quvvatlashni lozim deb topdik. Bunda har bir viloyatdan beshtadan yaxshi natija ko'rsatayotgan jamoalarga, Superliga, Pro liga klublariga futbolchi tarbiyalab berayotgan murabbiylarga, jamoalarga futbol to'plari, jihozlari, associaciya birinchi vice-prezidenti R.S. Ermatov imzosi bilan tashakkurnomalar taqdim qildik. Ayrim hududiy futbol associaciyalarida muammolar bor. Har ikki yoki uch haftada O'FA  prezidenti yig'ilishlarda muammolarni so'raydilar, tavsiyalarimizni eshitadilar. Ularning yordamida bu muammolar hal qilinmoqda. 16-18 dekabr kunlari barcha hududiy futbol associaciyalarini Toshkentga taklif qilib stol tennisi, badminton, futbol bo'yicha kichik turnir rejalashatirganmiz. Bunda ular bilan yana bafurja gaplashib olamiz, muloqot qilamiz. Qanday xato va kamchiliklar borligini tinglaymiz va birgalikda hal qilamiz. Agar bir oila bo'lib ishlasak nimadir qila olamiz dedik. 

- O'tgan davr mobaynida bir qator hududiy futbol associaciyalarida o'sish kuzatilgandek...

- Albatta, oldinga siljish bor. Masalan, Namangan futbol associaciyasi hokimiyat tomonidan berilgan chiroyli binoda joylashgan, sobiq futbolchi SHuhrat Mirholdirshoev vice-prezidenti bo'lib ishlamoqda. Farg'onada "Istiqlol" stadioni yaqinidagi markazni Farg'ona futbol associaciyasiga berildi, u erda Nosir Otaqo'ziev faoliyat olib bormoqda. Surxondaryoda Sanjar SHomurodov ish boshlagach katta o'zgarishlarga qo'l urilmoqda. Sirdaryoda Rustam Qodirov, Toshkent viloyatida Asqar Jadigerov ham turli turnirlarni tashkil qilmoqda. Toshkent shahar futbol associaciyasida muammolar va qiyinchiliklar ko'p bo'lganiga qaramasdan barcha turnirlarni yaxshi saviyada o'tkazishga erishdi. Uzilishlar bo'lmadi. Ko'rgan bo'lsangiz faxriylar o'rtasida ham musobaqalarni tashkillashtirishdi. Samarqanda ham yangi rahbar saylanmoqda. Xorazmda Islom Abdusharipov boshchiligidagi associaciyada ahil jamoa yig'a oldi. Ikkinchi liga o'rtasidagi markazlashgan turnirning taqdirlash marosimiga viloyat hokimining o'zi ham keldi. Jizzaxga bu yil bir nechta musobaqani berdik. Bu erda ham hokimning o'zi futbolga qiziqadi. 

- UEFA vakili Rojer Meyxri tashrifi davomida qanday xulosa va tavsiyalarni berdi?

- UEFA vakili kelgach birga hududlarni aylandik, kuzatdik fikrlashdik. Qiyin sharoitdagi joylarga ham olib borildi.  O'zbekistonda barcha jamoalar qanday bo'lmasin faqat yutish uchun intilar ekan. Bolalar futbolida ham shuni guvohi bo'ldim. Murabbiylar g'alaba qozonsa va oyligiga ustama olsa bo'ldi qabilidagi fikrlarni bildirdi. Futbol mahorat maktablari jismoniy tarbiya va sport vazirligiga o'tdi. SHaxsan o'zimiz buning ustida ishladik. Yaqinda qarori chiqishi kerak. Mehnatiga haq to'lash bandi ham kiritilgan bo'lib, deylik avvallari musobaqada yutgani uchun ko'proq, futbolchi tarbiyalib bergani uchun kamroq pul olgan. Bunda faqat yutish birinchi o'rinda bo'lgan. Hozir biz buni o'zgartirdik. Ustama haqqini futbolchi tarbiyalab bergani uchun olishadi. Futbolchi IBO'SM va BO'SMdan yuqoriga yo'l olsa har bir futbolchi uchun tarbiyalab berganiga qarab maoshiga ustama haqqi qo'shib beriladi. Agar bundan to'g'ri foydalan olishsa futbolchi tarbiyalab berishga o'tishadi. Hozir buni tushunishayotgani yo'q. Endilikda 14 yoshga qadar musobaqalarni festival shaklida o'tkazishni ko'rib chiqmoqdamiz. 14 yoshdan so'ng bolaning futbolchi bo'lish yoki bo'lmasligini aniqlash mumkin, 15 yoshdan o'smirlar terma jamoasiga saralash boshlanadi. 10 yoshdan 14 yoshgacha futbolchi chiqish yoki chiqmasligini hech kim aytib bera olmaydi. 

Rojer Meyhri viloyat terma jamoalari o'rtasidagi musobaqaning yarim final uchrashuvini kuzatgani bordi. Bir kun oldin "Oq-tepa" ishtirokidagi o'yinga bordi. Futbolchilaringiz jarima maydonchasigacha bo'lgan hududa juda yaxshi o'ynashadi, lekin jarima maydonchasiga kelgach nima qilishni bilmayapti degan fiklarni ham bildirdi. Bu kasallikni o'zimiz ham bilamiz. Eng katta aytgan gapi shu bo'ldiki, har bir inson o'z vazifasini bajarishi kerakligini takidladi. Evropa davlatlarida bir inson faqat kompyuterda ishlash kerak bo'lsa shuni qiladi. Biz esa o'zbekchiligimizga borib birovni ishini ham qilib ketaveramiz. Natijada o'zimizning ishimiz qolib ketadi. Har bir inson o'zining ishini qilsa yaxshi bo'ladi deya fikrini bildirdi. Mana yaqinda bolalar futboli murabbiylari uchun metodik bo'lim boshlig'i SHamil aka Iseev birgalikda yangi qo'llanma FIFA, OFK, UEFA talablaridan kelib chiqib va o'zimizning olimlarimizning ilmiy ishlarini jamlagan holda 297 varaqlik qo'llanmani nashr qilish arafasidamiz. Bolalar futbolidagi murabbiylarning saviyasini oshirishimiz kerak. Rojer Meyhri yanvar va fevral oylarida yana tashrif buyuradi. U bilan hamkorligimizni davom ettirmoqchimiz. 

- Galdagi savolim mavzudan tashqari. Yaqinda "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvida futbolchilarning o'yindan oldin shortikni ichidan kiygan kiyimi qoidalarga zid ekanligi aytildi. Bu esa o'z navbatida keng muhokamalarga sabab bo'ldi...

- Bu masalada fikr bildiradigan bo'lsam, o'sha o'yinda "Lokomotiv" jamoasiga ruhsat bermadik va bu qoidalar kitobda yozib qo'yilganligini tushuntirdik. Keyingi o'yinda shortikning tagidagi hoshiyasini yashildan qoraga o'zgartirishdi va ichidan qora "gamash" kiyishdi. Qoidalar kitobida ichidan kiyiladigan kiyin shortikning asosiy rangi yoki hoshiyasining rangi bilan bir xil bo'lsa ruhsat beriladi degan joyi bor. "Lokomotiv" o'sha shortikning hoshiyasini qora qildi va bemalol o'ynadi. Har bir jamoa futbolchi uchun 20 xil ekipirovka olishadi. Sovuq tushishi bilan futbolkaning rangiga mos "vodolazka" kiyishadi. SHuni olayotganda shortikka mos gamash olinsa olam guliston, ularga hech kim hech narsa demaydi. To'g'ri, bu katta bahslarga sabab bo'ldi. Hakamlik paytimizda bu borada qay darajada qattiqo'llik bilan talab qilinishini ko'rganmiz. Kitobda yozilgan qoidaga amal qilinadi. Ko'pchilik saytingizda tanqidiy izohlarni yozib qoldirishdi. Biladigan odam bo'lsa bemalol kelsin, kitobni ochib ko'ramiz, qoidalarni ko'rsatamiz. U kitobni ham oddiy odam yozmaydi. Ko'rgan, kuzatgan bilgan odamlar yozgan. Masalan Per Luidji Kollina, Massimo Busakka. Ular o'zidan buni o'tkazgan va boshqalarga tavsiya qilgan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика