Mamadu Ture: "Jahon chempionatiga guruhdan chiqishni maqsad qilib kelgandik"
04 okt 11:11
Yangiliklar
Mamadu Ture: "Jahon chempionatiga guruhdan chiqishni maqsad qilib kelgandik"
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) Franciya terma jamoasi azosi Mamadu Ture saytimizga intervyu berdi.
"Argentinaga qarshi tengma-teng kurash olib bordik. To'g'ri, mag'lubiyatga uchragandirmiz, biroq bunday raqibga qarshi munosaib qarshilik ko'rsata olganimizdan g'ururlanamiz. Biz borimizni berdik, shu bois afsuslanmaymiz.
Jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etayotganimiz bois avvalambor guruhdan chiqishni maqsad qilib kelgandik. guruh bosqichidan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi va o'yindan o'yinga shakllanib bordik. Yarim finalga chiqish — katta natija. Albatta, biz finalga yo'l olishni istagandik. Biz kuchliroq bo'lib qaytamiz. SHunday bo'ladi ham", dedi Ture.
Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Franciya 3-o'rin uchun Ukraina bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar