Maldini va Ibragimovich “Milan”ni tark etishi mumkin, agar...
04 may 2020 23:20
Yangiliklar


Maldini va Ibragimovich “Milan”ni tark etishi mumkin, agar...
“RB Leypcig” klubining sobiq ustozi Ralf Rangnik “Milan”ni boshqarishi mumkin.
“MilanNews.it” nashrining “SportMediaset”ga tayanib xabar berishicha, 61 yoshli mutaxassisning jamoaga kelishi klub texnik direktori Paolo Maldini va hujumchi Zlatan Ibragimovichning keyingi faoliyatiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.
Maldinining futbol olamidiga obro'yi transfer bozoridagi munosabati Rangnikning mustaqil qaror qabul qilishiga, o'zi istagan futbolchini jamoaga olib kelishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Qolaversa, 38 yoshli Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirib, uni jamoada olib qolish murabbiyning rejalariga kirmaydi.
SHu tariqa “Milan” ijrochi direktori Ivan Gazidis Rangnik jamoaga murabbiy etib tayinlanishidan ilgari Maldini va Zlatanning keyingi taqdiriga oydinlik kiritishi lozim bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar