"Malaga"ning qulashi: 5 yilda CHempionlar Ligasi chorak finalidan Segundagacha
13 fev 2020 13:13
Yangiliklar
"Malaga"ning qulashi: 5 yilda CHempionlar Ligasi chorak finalidan Segundagacha
Sababi u jamoa La Liga oxirgi pog'onalari va Segunda etakchi o'rinlarida aylanib yurardi.
U "Malaga"da mashhur familiyalarni deyarli uchratmasdik, o'z-o'zidan evroarenada ham katta yutuqlari bilan maqtana olmasdi.
Klub yangi davrini 2010 yil boshlaydi. O'shanda "Malaga" tizimiga bor yo'g'i ikki yangi inson kelib qo'shildi: Abdulla Al Tani va Manuel Pellegrini, lekin shuning o'zi etarli bo'ldi.
Ularning birinchisi — "Malaga"ni avvalgi egasi Lorenso Sansdan sotib olgan qatarlik ishbilarmon. Tomonlar 36 million evroda to'xtashdi. Ikkinchisi — 09/10-yilgi mavsumni sovrinlarsiz o'tkazgan Madridning "Real" klubi sobiq murabbiyi. Lekin Pellegrini ungacha butun Evropaga o'zini tanitib qo'ygandi. Kutilmaganda, murabbiy "Vilyarreal" bilan CHempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib bordi. SHu bilan birga "sariq suvosti kemasi" bilan bir necha bor Ispaniya chempionati kuchli uchligiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, o'sha "Malaga" uchun bunday murabbiy taqdirning, balki qatarlik ishbilarmonning sovg'achi bo'ldi.
O'tgan mavsumni «anchouslar» ("Malaga" laqabi) chempionatni 17-o'rinda yakunlashgan va bir amallab quyi diviziondan qutilib qolishgandi. Nafaqat bosh murabbiyni almashtirish, balki tarkibda ham ancha ish qilish kerak edi. Pellegrini bilan klubga "Las-Palmas"dan 3,5 mln evroga hujumchi Salomon Rondon keldi, ijaradan "Saragosa"dagi Elizeu qaytarildi. Qishda "Bavariya" markaziy himoyachisi Martin Demichelis va "braziliyalik tank" Julio Baptista taklif qilindi. Yangi futbolchilar tarkibdagi Xesus Games, Villi Kabalero, Ignasio Kamacho, Velington va boshqalarga tezda chiqishib keta oldi. Aynan shu futbolchilar "Malaga"ning asosini tashkil etishdi.
10/11-yilgi mavsumni jamoa 11-o'rinda yakunladi. Mavsum tugashi bilanoq "anchouslar" "Nike" bilan yaxshigina shartnoma imzolashdi va UNESCO bilan hamkorlik kelishuviga erishdilar. 2011 yil yozida "Malaga"ga Isko, Jeremi Tulalan, Santi Kasorla, Nacho Monreal, Rud van Nistelroy va Xoakin Sanches keldi. Ispan klubi bu yo'lda 50 mln evrodan ko'proq mablag' sarfladi va keyinchalik bu o'z samarasini berdi.
Keyingi mavsum klub tarixidagi eng omadlilaridan biri bo'ldi. "Malaga" La Ligada 58 ochko to'pladi va 4-o'rinni egalladi hamda CHempionlar Ligasi saralashida ishtirok etadigan bo'ldi. Aynan o'sha yili Joze Mourino qo'l ostidagi "Real" 100 ochko to'plagan bo'lsa, "Vilyarreal" Segundaga ravona bo'lgandi.
Uzoq kutilgan mavsum 12/13 yillarga to'g'ri keldi. Ammo mavsum starti omadsiz chiqdi va klub prezidenti homiylikni to'xtatishga qaror qildi. Buning oqibatida bazi yulduzlar: Kasorla, van Nistelroy va Rondon jamoani tark etdi. Lekin "Malaga" ortiqcha muammolarsiz Greciyaning "Panatinaikos" klubini dog'da qoldirdi va guruh bosqichiga yo'llanma oldi.
Ispaniyaliklar guruhda nisbatan teng kuchli jamoalar bilan duch kelishdi ("Milan", "Zenit" va "Anderlext"). Lekin ko'pchilik baribir italiyaliklar va tarkibida Xalk hamda Vitseli bor piterliklarni favorit hisoblardi.
Tan olish lozim, ko'pchilikni hayron qoldirib "Malaga" dastlabki uchta turda maksimumal ochko to'play oldi: "Zenit" (3:0), "Anderlext" (3:0), "Milan" (1:0). Lekin shundan keyin ham ular guruh bosqichini mag'lubiyatsiz tugatib, birinchi o'rinni egallashlarini ko'pchilik kutmagandi. Pellegrini shogirdlari buni uddalashdi va 1/8 finalidagi raqiblarini kutardilar.
Jamoa CHempionlar Ligasiga shu qadar kirishib ketdiki, ichki chempionatda qanday o'ynashni esidan chiqarib qo'ydi va butun mavsum davomida 6 - 10 o'yinlar oralig'ida aylanib qoldi. 2012 yil oxirida "Malaga"ning 1/8 finaldagi raqibi "Portu" bo'lishi aniq bo'ldi - variantlar ichidagi nisbatan qulay raqib.
O'sha jamoaning eng og'ir davrlaridan biri sal keiynroq bo'ldi: 2013 yil boshida UEFAning moliyaviy Instanciyasi to'qqiz klubdagi uzoq muddat qolib ketgan katta miqdordagi qarzdorlik mavjudligi borasida yakuniy qaror chiqardi. O'sha ro'yxatda "Malaga" ham bor edi. Jamoaga keyingi 4 mavsum davomida o'zi chiqa ol(adi)gan dastlabki evroturnirdan chetlatish jazosi tayinlandi. Keyin vaziyat yanada yomonlashaverdi.
Jamoaning qarzlari shunchalik ko'p ekanki, jamoani kelasi mavsumdayoq evrokuboklardan chetlatishdi.
Barcha ko'ngilsizliklarga qaramay, "anchouslar" maydonda o'z so'zlarini o'tkazishda davom etishardi. Jamoa "Portu" (umumiy hisob 2:1) to'sig'idan o'ta oldi. Birinchi o'yinda minimal hisobda mag'lub bo'lgan ispaniyaliklar, o'z maydonlarida Kerakli natija qayd eta oldi. Ispaniya chempionatidagi ishlarini ham sekin-asta o'nglay boshladi. CHempionlar Ligasi chorak finalida esa "Borussiyu Dortmund"ga duch keldi.
Dastlabki to'qnashuv "Malaga"ning uy stadioni "La Rosaleda"da o'tdi va o'yinda hisob ochilmadi. Germaniyadagi bellashuv esa ko'pchilikning xotirasida uzoq vaqtga saqlanib qoldi. O'yinning 82-daqiqasida Elizeu gol urdi (1:2), tablodagi hisob mehmonlar foydasiga va futbolchilar bir necha daqiqa chidab bersa bo'ldi edi, ammo... Yurgen Klopp shogirdlari kerakli ikkita golni 91 va 93-daqiqada urishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi bosqichda "Dortmund" "Real Madrid"ning dodini bergani, Levandovskiyning gollari ko'pchilik muxlislarning yodida bo'lsa kerak. Finalda esa Germaniyaning ikki vakili to'qnashuvida "Bavariya"ning qo'li baland kelgan.
"Signal Iduna Park"dagi o'yinning oxirgi daqiqalaridagi qisqa vaqt o'sha "Malaga"ning chinakam aksini ko'rsatib berdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Keskin ko'tarilish shu qadar tez sho'ng'ish bilan yonma-yon kelgandi.
2013 yil yozida Isko 30 mln evro evaziga "Real"ga o'tib ketdi, uning 22-raqami esa klub rahbariyati qarori bilan boshqa hech kimga berilmaydigan bo'ldi.
Keyinchalik Ispaniya futbol federaciyasi qarori bilan boshqa jamoalar kabi, "Malaga" ham bu raqamni muomalaga qaytardi. Manuel Pellegrini "Manchester Siti"ga taklif qilindi. Jamoani shuningdek bir qator etakchilar tark etishdi: Tulalan, Demichelis va Xoakin.
Jamoa boshqaruvini "Real Madrid"ning yana bir sobiq murabbiyi Bernd SHuster o'z qo'liga oldi. "Malaga" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra (6-o'rin) Evropa Ligasida o'ynashi kerak edi. Biroq moliyaviy feyr-pleyga amal qilinmagani tufayli, bunday bo'lmadi.
13/14-yilgi mavsumni "Malaga" 11-o'rinda yakunladi, SHuster bilan kelishuv bekor qilindi. Sababi, tomonlar qo'y qo'ygan shartnomada jamoa ushbu mutaxassis qo'l ostida mavsum yakunlari bo'yicha 10-o'rindan pasga tushmasligi kerakligi borasida band bor edi.
Keyingi mavsumga jamoani Xavi Grasiya tayyorladi. Avvalgi jamoa o'zagi Elizeu, Kabalero va Xesus Games ham ketgach, butkul yo'q bo'ldi. O'sha yil yozla jamoa ko'plab yosh va mashhur bo'lmagan futbolchilarni taklif qildi. Kelganlar ichida birgina Gilermo Ochoa JCHda tanilib ulgurgandi. "Malaga" o'sha mavsumni 9-pog'onada yakunladi.
15/16-yilgi mavsum avvalida Xuanmi va akademiyaning umidli tarbiyalanuvchisi Samu Kastilexo jamoani tark etishdi. SHunga qaramay, Grasiya jamoasi mavsumni 8-o'rinda yakunlay oldi. Mavsum oxirida Grasiya "Rubin" bilan kelishuvga erishgani haqida malum qilindi.
Keyingi mavsum "Malaga" qatorasiga uch marta bosh murabbiyini almashtiradi (Xuande Ramos, Marselo Romero va Mechel) va yana 11-o'rinni band etadi. Etiborlisi, shu safargi 11-o'rin jamoa uchun La Ligadagi hozircha eng yuqori natija bo'lib qolmoqda. Undan keyingi mavsumda klub Primerada o'z tarixidagi eng yomon ishtirokini qayd etadi. Bor yo'g'i 20 ochko va oradan 10 yil o'tib, "anchouslar" Primeradan chiqib ketdi.
18/19-yilgi mavsumda klub darhol elitaga qaytishiga biroz omad etishmadi. 3-o'rinni egallagan jamoa o'tish bahslarida ikki o'yin natijasiga ko'ra "Deportivo"ga imkoniyatni boy berdi (5:2).
Bu mavsum undanda omadsizroq bo'lmoqda. "Malaga" Ispaniyaning ikkinchi darajali turnirida 22-turdan keyin 16-o'rinni egallab turibdi va hech bo'lmasa o'sha ligada qolish ilinjida. Mashhur familiyalardan yana hech kim qolmagan. O'zgacha zavq bilan tilga olinadigan 12/13-yilgi mavsum jamoasidan faqatgina bir inson, qatarlik prezident Abdulla Al Tani qolgan.
"Malaga" mablag' evaziga parvoz qildi, ammo yana pulni deb dengiz tubidanda pastroqqa sho'ng'idi.
Nima deb o'ylaysiz, yaqin yillar ichida "Malaga"ni hech bo'lmasa La Ligada ko'ramizmi?
Fikrlar