“Malaga“da jiddiy moliyaviy muammolar yuzaga kelgan

So'nggi bor 2018 yilda Ispaniya chempionati yuqori divizionida o'ynagan “Malaga“ klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Segundadan ham pastga tushib kyetishi mumkin.

“Cadena Cope” xabariga ko'ra, klub inqirozga yuz tutgan va jamoa boshqaruv korpusida o'zgarish ro'y berishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, “Malaga“ 2010 yildan buyon qatarlik Abdulla bin Nosir Al Tani boshqaruvi ostida bo'lib turibdi.

Klub hozir Segunda musobaqa jadvalining 17-pog'onasini band qilgan.


Manba: Cadena Cope