So’nggi yangiliklar

11:25Копа Америка. Парагвай - Бразилия 1:4, Винисиус авжига чиқди  0 11:07«Челси» Лукакуга нарх қўйди. Унга А сериянинг топ жамоалари қизиқиш билдирмоқда  0 10:41Грузия терма жамоаси дарвозабони: «Хвича бутун бошли Испания термасидан кучли»  8 10:16Жозе Моуринью «Фенербахче»га «Бавария» футболчисини олиб келмоқчи  0 09:50«Челси» 100 миллион фунтга ҳужумчи сотиб олиши мумкин  1 09:22Суперкомпютер плей-офф ўйинлари олдидан Евро-2024нинг асосий фаворитини аниқлади  9 08:55Чилига қарши учрашувда жароҳат олган Мессининг аҳволи маълум  1 08:27«Астон Вилла» «Челси» футболчисини 45 миллион еврога сотиб олди  2 08:00Копа Америка. Бразилия ва Колумбия йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  6 07:43Расман: Хоселу «Ал Гарафа»га кўчиб ўтди. Қатарликлар ҳужумчини «Реал»дан қанчага сотиб олгани маълум  4 00:55Ўзбекистон билан бир гуруҳда бўлган Миср Муҳаммад Салоҳни Олимпиадага чақирадими?  5 00:40Вадим Абрамов: "Ўйин 0:2 ҳисобида бизнинг мағлубият билан бошлангандек таасурот уйғотди"  11 00:25Раде Петрович: "Нефтчи"га қарши ўйинда трибуналар мухлислар билан тўлишига шубҳа йўқ. Бор эътиборни мана шу ўйинга қаратамиз"  5 00:14Жамшид Саидов: "Бугун маҳаллий ишқибозлар ҳам бизга мухлислик қилишди"  8 23:55Суперлига. "Насаф" – "Навбаҳор" ва бошқа қолдирилган баҳсларнинг бошланиш вақтлари аниқ  19

Maksim SHackixni qiynayotgan muammo nima? Bekobodda tezlik olgan "Neftchi" Farg'onada yurishni davom ettiradimi? Yangiliklar

Maksim SHackixni qiynayotgan muammo nima? Bekobodda tezlik olgan "Neftchi" Farg'onada yurishni davom ettiradimi?

Teglar :  Neftchi Paxtakor
Superliganing ikkinchi turidan bir nechta qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan.

Farg'onada chempionatimizning ikki azaliy raqiblari "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashadi. Bu o'yinga o'tishdan oldin jamoalarning birinchi turdagi o'yinlariga qisqacha xulosa beramiz. 


"Neftchi"

Bekobodda chempionat startiga ikki xil kayfiyatda etib kelgan jamoalar to'qnashdi. Superliganing 13ta jamoasi qishni Antaliya, Dubayda o'tkazgan bir pallada "Metallurg" qorli va sifatsiz maydonlarda shug'ullandi. Odatdagidek jamoalar sparring raqib sifatida ko'rildi. "Neftchi" 40 kun davomida Turkiyada o'zidan bir bosh baland raqiblarga qarshi maydonga chiqdi. Taraddud ko'ngildagidek kechdi. Bu xatto o'yin davomida ham sezildiki, Vitaliy Levchenko futbolchilarni yaxshilab toblagan. "Metallurg"ning siyosati o'tgan yili asosiy etiborni yoshlarga qaratish, tarkibni mahalliy futbolchilardan shakllantirish edi. Lekin Luisma Ernandes bu bilan natija qila olmasligini sezdi shekili, xorijlik futbolchilarni jalb qildi.  "Neftchi"da futbolchilar yaxlitligi bor. Tarqoqlik ko'zga tashlanmadi. Maydonda o'zaro tushunish yaxshi darajada. Futbolchilar o'zlarining kuchli tomonlaridan foydalana olishyapti. Farg'onaliklar bu o'yingacha so'nggi bor Bekobodda 2015 yilgi mavsumda g'alaba qozongan edi. Demak seriyaga barham berildi. 


Metallurg

Superliga. 1-tur

03/03/2023, 18:30

3
:
0
Tugadi

Neftchi

Mirzohid G’ofurov - 28', Umar Adhamzoda - 33', Umar Adhamzoda - 87'

45'
90'
38'  Behruz SHodmonov
46'  Behruz SHodmonov (Zabihillo O’rinboyev)
46'  SHahzodbek G'ofurbekov (Ibrohim Ibragimov)
73'  Marko Obradovich (Husniddin G’ofurov)
90'  Vladislav Kasminin
28'  Mirzohid G’ofurov
28'  Umar Adhamzoda
33'  Umar Adhamzoda
33'  Diyor Turopov
67'  Andrey Mishchenko (Muhsin Ubaydullaev)
70'  Nurillo To'xtasinov (YUriy Batyushin)
87'  Umar Adhamzoda



"Paxtakor"

Qaysidir manoda kutilgan va kutilmagan natija qayd etilgan uchrashuv. Kutilmagan bu tarkibdagi futbolchilarning tajribasi va darajasi bo'yicha "Paxtakor"ning ustunligi, kutilgani Timur Kapadzening jamoasi o'tgan yili ham ikkita bahsda etarlicha qarshilik ko'rsatib ochko olgani va raqibining tarkibidagi muammolari. Darhaqiqat, hozirda Maksim SHackixni o'ylantirayotgan ayrim jihatlar yo'q emas. Birinchisi hujum, shu kuni asli vinger Sardor Rashidov sof forvard rolida paydo bo'ldi. Ming qilsa ham unda nuqta qo'yadigan hususiyat kam. Banashak yaxshi hujumchi, lekin jarohatga moyiliggi borligini guvohi bo'ldik. Kuzga borib OCHLda ishtirokini boshlaydigan "Paxtakor" yozgi transferlar oynasida yaxshi hujumchi olishi kerakligini aytish joiz. CHerandan xujumchi rolida foydalanar, lekin xalqaro maydonda CHeranga qarshi katta saviyadagi himoyachilar o'ynaydi.

Paxtakor

Farrux Sayfiev - 63', Doston Tursunov - 83'

Superliga. 1-tur

03/03/2023, 18:30

3
:
2
Tugadi

Olimpik

Ruslanbek Jiyanov - 7', Alisher Odilov - 49', Odilbek Abdumazhidov - 79'

45'
90'
21'  Odiljon Hamrobekov
45'  SHahzod Azmiddinov
57'  Dragan CHeran
63'  Farrux Sayfiev
80'  Dostonbek Hamdamov (Diyor Xolmatov)
83'  Doston Tursunov
7'  Ruslanbek Jiyanov
45'  Muhammadaziz Ibrohimov
49'  Alisher Odilov
49'  Muhammadaziz Ibrohimov
59'  Behzod SHamsiev
69'  Muhammadaziz Ibrohimov (Farrux Muxtorov)
69'  ZHasur ZHaloliddinov (Nodirbek Abdixoliqov)
78'  Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G'iyosov)
79'  Odilbek Abdumazhidov
90'  Abdurauf Bo'riev (Rustam Azimov)
90'  Otabek Jo'raqo'ziev (Asadbek Rahimzhonov)



Ikkinchi muammo zaxira o'rindig'ining torligi. O'sha kuni SHackixda zaxiradan o'yinga tushib kuchaytiradigan nominal 2ta variant bor edi. Hamraliev va Xolmatov. Diyorbek Ortiqboev, Abbos Fayzullaev, SHahriyor Jabborov, Behruz Asqarov U-20 terma jamoasida. Endi aytingchi Maks kimni tushirsin? 

Uchinchi muammo markaziy himoya. SHerzod Azamovning yo'qligi yaqqol sezilayotganini, orqa chiziqda etakchi o'yinchinng etishmayotgani kundek ravshan. Azmiddinov va Tursunov tandemi etarlicha samara bermayotgandek. "Olimpik" urgan gollarda himoyachilarning xatolari katta tasir o'tkazdi. 



"Paxtakor" "Neftchi"ni Superligadagi so'nggi 6 mavsumida 2 marotaba mag'lub etgan. Bu anana o'tgan yili Maksim SHackix davrida barham topdi. 4ta uchrashuvning 2tasida farg'onaliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 2ta bahsda durang qayd etilgan. Umumiy olganda ham Farg'onada kechgan o'yinlarda "Neftchi" ustun. 27 uchrashuv, 14ta g'alaba, 7 durang va 6 mag'lubiyat.

23.03.2014. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:2

30.09.2015. "Neftchi" - "Paxtakor" 3:2

15.10.2016. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:0

08.03.2017. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0

12.06.2018.  "Neftchi" - "Paxtakor" 1:1

12.08.2022. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:2

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика