Maksim Shackix: Hozirgi kunda futbolchi har qanday poziciyada o'ynashga moslashishi kerak

Og'abek Samisov
25 iyul 2022, 12:48
Paxtakorning yangi bosh murabbiyi Maksim Shackix ishtirokida o'tkazilayotgan matbuot anjumanida mutaxassis jurnalistlarning savollariga javob bermoqda.

- O'zbekiston terma jamoasida ancha yillar harakat qildingiz. Bundan tashqari, Valeriy Lobanovskiy shogirdisiz. Paxtakor qanday taktika asosida o'ynaydi?

- Hozir boshqa avlod o'ynamoqda. Men Lobanovskiy davrida o'ynagan futbol hozir bo'lmaydi. Chunki futbol ham boshqa yo'nalishda rivojlanib ketdi. Hozir oldingidek og'ir yuklamalar berilmaydi. Ilgari avlod boshqa edi, ekologiya boshqacha edi. Hozirgi kunda futbolchi har qanday poziciyada o'ynashga moslashishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia