So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Majburiy o'zgarishlar, murabbiylarga ko'rsatilgan sariq kartochkalar, omadi kelmagan Tomiva, Vadim Abramov stadiondan kuzatib borgan “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi haqida Yangiliklar

Majburiy o'zgarishlar, murabbiylarga ko'rsatilgan sariq kartochkalar, omadi kelmagan Tomiva, Vadim Abramov stadiondan kuzatib borgan “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvi haqida

Teglar :  Bunyodkor
O'zbekiston Superligasi 2021 yilgi mavsumning 2-turiga yakun yasaldi.

Turning so'nggi uchrashuvi Bekobodda “Metallurg” – “Bunyodkor” jamoalari o'rtasida kechdi. Mazkur uchrashuvda bahs avvalida kiritilgan gol o'zining yagonalagini saqlab qoldi hamda “Metallurg” jamoasi egasi bo'ldi. Biz o'yin va uning atrofidagi vaziyatlar haqida so'z yuritamiz.



O'yindan avvalgi etiborli ikki jarayon

“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey SHipilov 1-turdagi “Surxon” jamoasi bilan uchrashuvdagi mag'lubiyatdan keyin o'z hoxishiga ko'ra klubni tark etishga qaror qildi. Endilikda jamoani Jasur Abduraimov boshqarib boradi. “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda esa “Metallurg”ni yordamchi murabbiy Fevzi Davletov boshqarib bordi.

SHuningdek, bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga mart oyida bo'lib o'tadigan FIFA kunlariga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi. Qizig'i, bugungi uchrashuvda qatnashgan ikki jamoa futbolchilaridan atigi 1 nafari Vadim Abramov ro'yxatidan joy olgan. U ham bo'lsa Lutfulla To'raev. “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvida esa Vadim Karlenovich o'yinni stadiondan kuzatib bordi. “Bunyodkor”ning 1-turda “Mashal”ga qarshi o'yinida ham Vadim Abramov stadionda edi.


Yana bir holat etiborimizni tortdi. "Bunyodkor" klubi futbolchilari o'yindan oldin puma libosida maydonga tushib kelishdi, o'yin formasi esa jako kompaniyasiga tegishli edi.


Metallurg

Shahzodbek Nurmatov - 5'

Superliga. 2-tur

16/03/2021, 18:30

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
5'  Shahzodbek Nurmatov
5'  Stanislav Andreyev
17'  Stanislav Andreyev
39'  Damir Temirov
55'  Shahzodbek Nurmatov (Doniyor Narzullayev)
69'  Evgeniy Makeyev
79'  Abror Toshqo'ziev (SHahzodbek G'ofurbekov)
80'  Doniyor Narzullayev
85'  Ixtiyor Toshpo’latov (Dilshod Rahmatullayev)
60'  Lutfulla To’rayev (Suhrob Izzatov)
63'  Sanjar Rashidov (Farrux Ikromov)



Yuqori temp bilan boshlangan 1-bo'lim haqida

O'yinning ilk daqiqalari anchagina yuqori temp va hujumlar bilan boshlandi. Buni qarangki, aynan shunday hujumlardan biri o'yinning 5-daqiqasidayoq samara berdi. “Metallurg” hujumchisi SHahzod Nurmatov chap qanotdan yorib kirib to'pni jarima maydonchasi ichkarisiga etkazib bermoqchi bo'ldi, biroq bu uzatmani traektoriyasi o'zgarib, to'p darvozaga borib tushdi – 1:0. Goldan so'ng ham bekobodliklar oldinga o'tishda tinim bilmadilar. Yana o'sha SHahzod Nurmatov o'zining faol harakatlari bilan jarima maydonchasiga kirib bordi. Unga uzatilgan to'pga birinchi etib keldi, biroq “Bunyodkor” posboni Ravshan Yagudin to'pni olish uchun Nurmatov bilan to'qnashib ketdi. Birozgina bahsli holat yuzaga kelgan bo'lsa-da, bosh hakam bu vaziyatda penalti belgiladi. SHundan so'ng to'p asosan maydon markazida bo'lib turdi. Goh u, goh bu jamoa oldinga borishga intilishar edi. O'yinning 38-daqiqasida Ixtiyor Toshpo'latov zarba berdi va uni Yagudin ushlab oldi. Bekobodliklarning ustunligida kechgan bo'lim 1:0 hisobi bilan o'z yakuniga etdi.




Majburiy o'zgarishlar, murabbiylarga ko'rsatilgan sariq kartochkalar, omadi kelmagan Tomiva – 2-bo'lim haqida

1-bo'limdan ko'ngillar to'lishmadimi, jamoalar 2-bo'limda anchagina shiddatli o'yin ko'rsatishdi. Bahsli holatlarda “qaldirg'ochlar” murabbiy shtabidagilar ham asablarini tiya olishmadi. 48-daqiqada “Bunyodkor” murabbiyi Marat Miftaxuddinov hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Toshkentliklarning nigeriyalik hujumchisi Tomiva bir necha bor o'z omadini raqib jarima maydonchasidan izlab ko'rdi. 59-daqiqada u “Metallurg” himoyasini yorib kirib, zarba berdi, biroq noaniq. 2-bo'limdagi va o'zi umuman o'yindagi eng xavfli vaziyat 74-daqiqada yuz berdi. Xurshid G'iyosovning chamasi 20 metrlardan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib egalik qilgan Tomiva esa deyarli bo'sh qolgan darvozaga zarba berdi, ammo ushbu zarba ham ustunga borib tegdi. “Metallurg” azolari hakamga bu vaziyatda o'yindan tashqari holat bor ekanligini uqtirishga harakat qilishdi, biroq takroriy lavhalardan ko'rindiki bu ham bahsli vaziyat. Balki, VAR bo'lganida yaxshiroq bilib olish mumkin edi. 80-daqiqada “Metallurg” futbolchilari yana bir bor gol urishdi, biroq inobatga olinmadi. Burchakdan uzatilgan to'pni Odil Abdumajidov boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Ammo hakam hujumda fol deb topdi. 2-bo'lim avvalida “Bunyodkor” murabbiyi sariq kartochka olgan edi, uchrashuv so'nggida bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov ham sariq kartochka ishlab oldi.

“Metallurg” jamoasi 2-bo'limda 2 ta majburiy o'zgarishni amalga oshirdi. Ixtiyor Toshpo'latov hamda gol muallifi SHahzod Nurmatov jarohat sabab almashtirildi. 1:0 hisobi bilan o'yin o'z nihoyasiga etdi va bekobodliklar mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishdi.



Murabbiylarning fikri

SHuhrat Maqsudov: "Lutfulla To'raev terma jamoa yig'inidan jarohat bilan qaytgandi"         

Fevzi Davletov: "Bugungi g'alaba futbolchilarniki bo'ldi"     



3-tur oldidan
 

Kelasi turni “Metallurg” jamoasi Muborakning “Mashal”iga qarshi o'tkazadi. Muborakliklar mavsumda hali ochko olishmadi va uy uchrashuvida bunga harakat qilib ko'rishadi. “Metallurg” “Bunyodkor” 1-turda enggan raqib maydoniga safar qilgan bo'ladi.

“Bunyodkor” jamoasi 3-turni o'z maydonida, “Andijon”ga qarshi o'tkazadi. Andijonliklar bu turda 3 ochkolik bo'lishdilar. Ochkolari-yu, to'plar nisbatlari ham bir xil bo'lgan ikki jamoa Toshkentda kuch sinashishadi.





Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика