Fevzi Davletov: "Bugungi g'alaba futbolchilarniki bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2021, 00:02
Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliganing ikkinchi turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0).

O'yindan so'ng jamoa murabbiyi Fevzi Davletov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'z maydonimizdagi ochilish o'yini bilan barchani tabriklayman. Bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik . Yigitlarga xarakter ko'rsatishgani uchun rahmat, deb qolaman. Bu ularning g'alabasi. Birinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldik. Shundan so'ng biroz bo'shashdik, asabiylik kuzatildi. Bunday pallada bizga ikkinchi gol kerak edi. Umuman olganda natija va o'yindan qoniqdim.

Ivan Nagaev jarohatdan so'ng tiklanmoqda. Zohid Abdullaev ham shunday. Ixtiyor Toshpo'latov avval ham oldingi chiziqda o'ynagan. O'ylaymanki, qarorlarimiz to'g'ri chiqdi",- deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia