So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

Mahliyo Sarikova: Odil Ahmedovdek mehnatsevar futbolchini ko'rmadim Yangiliklar

Mahliyo Sarikova: Odil Ahmedovdek mehnatsevar futbolchini ko'rmadim

Sevinch muddatidan avval mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. 2006 yildan beri oltin medallarni o'zlarida saqlab kelayotgan qarshiliklar joriy mavsum 20ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, o'ziga xos rekord o'rnatishdi.
Raqiblar darvozasi 93 marta ishg'ol qilindi, bor-yo'g'i 9ta gol o'tkazib yuborildi. Turnir yakunlanishiga ikki tur qolganda 12-chempionlik muddatidan avval naqd qilindi. Bundan tashqari, voha jamoasi final uchrashuvida Metallurg W klubini 2:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida 9 karra O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi. SHu tariqa, Sevinch yilni oltin dubl egasi sifatida yakunladi. Biz jamoa azosi Mahliyo Sarikovadan mavsum yakunlari yuzasidan intervyu oldik.

- Mahliyo, avvalo, oltin dubl qayd etilgani bilan tabriklaymiz. Suhbatimiz boshida mavsum taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.


- Tabrik uchun rahmat. Avvalgi yillarda bo'lgani kabi bu mavsum ham biz uchun omadli keldi, O'zbekistonning eng kuchli jamoasi ekanligimizni yana isbotladik. Lekin biroz qiyinchilikka uchraganimiz ham bor gap. Raqobatchi jamoalar jiddiy qarshilik ko'rsatishdi.

- XV O'zbekiston kubogi finalida Metallurg W jamoasini 2:0 hisobida engdinglar. CHetdan qaragan muxlis Sevinch oson g'alabaga erishibdi, deb o'ylaydi. Aslida ham shunday bo'ldimi?


- Finalgacha bo'lgan bosqichda jamoamiz 7 marta maydonga tushdi. Ana shu o'yinlarning faqat bittasida durang qayd etdik, qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozondik. Toshkentdagi Jar stadionida o'tkazilgan finalda zafar quchdik. O'tgan yillar bilan taqqoslasak, nisbatan osonroq g'alabaga erishdik. Bundan avvalgi ikki mavsumda Metallurg Wning qo'li baland kelgandi. Bu safar esa o'sha mag'lubiyatlar uchun revansh oldik va jamoamiz tarixidagi 9-kubokni yutdik. SHunga qaramay, final uchrashuvi ancha hayajonli kechdi. Albatta, bu yutuqlar o'z-o'zidan qo'lga kiritilgani yo'q. Rekord darajadagi muvaffaqiyatlar zamirida futbolchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatlari yotibdi. Birinchi navbatda, jamoamiz ustozi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Vladislav Xanga rahmat aytmoqchiman. Sevinchning g'alabalarida ushbu mutaxassisning xizmatlari beqiyos. Nafaqat katta futbol, balki mini-futbolda ham bu yil jamoamiz oltin dublga erishdi.

- CHempionatimiz saviyasida o'zgarish kuzatilyaptimi?


- O'zgarish bor. Andijankaga ortiqcha tarif berish shart emas. So'nggi 2-3 yil ichida Metallurg W biz uchun jiddiy raqibga aylandi. Bunyodkorda ham o'zgarishlar katta. Lekin asosiy raqib Bekobod jamoasi bo'lib qolmoqda.

- Bu yil BAAning Al-Vahda klubida to'p surdingiz. Natija o'zingiz kutganingizdek bo'ldimi?

- Ha, taassurotlar o'zgacha. Anchadan beri xorij klubida o'ynashni orzu qilardim. Bu yil menga legioner maqomida to'p surish nasib etdi. Lekin taqqoslaydigan bo'lsak, bizning qizlarimiz ulardan ancha kuchli ekan. To'g'ri, BAAda rivojlanish surati yuqori emas. Ammo futbolga etibor, infratuzilma, qizlarning o'zidagi qiziqish bizga qaraganda yaxshiroq. Al-Vahdada sardor ham bo'ldim. Umuman olganda, ushbu mamlakat chempionatidagi faoliyatimdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi davrada yana Sevinchga qaytdim. To'qqizta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol urdim.

- Bu yil terma jamoadagi faoliyatingiz qanday kechdi?


- Yaqinda Xitoydagi turnirda qatnashib qaytdik. Osiyo jamoalariga qarshi maydonga tushishimiz kerak edi, yakunda esa Evropa klublari bilan o'ynadik. Lekin bu bizning foydamizga ishladi.

- Terma jamoa va klubdagi o'yin o'rtasida farq bormi?


- Tafovut juda katta. Klubda bir necha yillar mobaynida hamroh bo'lgan futbolchilar bilan o'ynaysiz. Ularga bemalol ishonch bildirasiz. Termaga esa turli klublardan futbolchilar taklif etiladi. Tabiiyki, bir-birimizni tushunishda ayrim muammolar ko'zga tashlanadi. Agar shu kamchiliklar bartaraf etilsa, natija ham shunga yarasha yaxshi bo'laveradi.



- Mashg'ulotlarda ham farq bormi?


- Albatta. Terma jamoa mashg'ulotlari ancha professional va qiziqarli tarzda tashkil etiladi.

- Futboldagi ilk qadamlar qanday bo'lgan? Nima uchun aynan shu sport turini tanlagansiz?


- Kichikligimda ko'chada o'g'il bolalar bilan birga to'p tepardim. qiziqishim shundan boshlangan. Birinchi murabbiyim qudrat aka qizlar jamoasiga olib borganlar. O'sha paytda 12 yoshda bo'lganman.

- Futboldan tashqari qaysi sport turiga qiziqasiz?

- Boksga qiziqishim juda yuqori. Hatto uch yil davomida sportning shu turi bilan professional tarzda shug'ullanganman. Lekin murabbiyim ketganidan keyin men ham boksni tark etganman.

- qaysi klubga muxlislik qilasiz?

- Real Madrid klubining ashaddiy ishqiboziman. Bu jamoa ishtirokidagi barcha o'yinlarni qoldirmay ko'rib boraman.

- Jahon futboli yulduzlaridan kimlarga havas qilasiz?

- Krishtianu Ronalduga. SHu futbolchining o'yin uslubi yoqadi.

- O'zimizdan-chi?

- Odil Ahmedov. Bunday mehnatsevar futbolchini hali ko'rmadim. qaysi chiziqda bo'lsa ham o'ynab ketaveradi. O'zimda ham xuddi shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qilaman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика