Maguayr yanvarda MYUni tark etmaydi
12 jan 2023 10:19
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr o'yin amaliyoti bilan bog'liq muammolarga qaramay, yanvar oyida jamoani tark etmasligini aytdi.
"Kasalligim tufayli bir-ikki haftaga safdan chiqdim. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Jamoamizda yaxshi markaziy himoyachilar ko'p, raqobat yuqori. Men kurashni davom ettiraman", – dedi futbolchi.
Oldinroq Maguayr mavsum yakunida "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar