Maguayr: "G'alaba ko'p narsadan dalolat"
28 iyu 2020 13:59
Yangiliklar


Maguayr: "G'alaba ko'p narsadan dalolat"
"Manchester Yunayted" sardori Garri Maguayr Angliya Kubogi chorak finali doirasida so'nggi daqiqalarda gol urib, jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
"Norvich"ga qarshi uchrashuvdan keyin Maguayr o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu g'alaba ko'p narsadan dalolat. Bu erga sovrinlar qo'lga kiritish uchun kelganman. Bu ajoyib turnir va umid qilamanki, yarim finalda bugungidan ko'ra yaxshiroq o'ynaymiz.
O'yin biz uchun oson o'tmadi. Ko'proq ter to'kishga majbur bo'ldik. Kubok o'yinlarida doim ham jangovar futbol namoyish qilib bo'lmaydi. CHorshanba kuni jaziramada qiyin o'yinda qatnashgandik. Murabbiy ushbu bahsda rotaciyaga qo'l urgandi. Biroq bu bilan o'zimizni oqlamoqchi emasman", - dedi Maguayr.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar