Maguayr: "Biz APLda ham sovrinlar qo'lga kiritishimiz kerak"
24 may 2021 22:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639070_original.jpg)
![](/upload/storage/639070_220.jpg)
Maguayr: "Biz APLda ham sovrinlar qo'lga kiritishimiz kerak"
"Manchester Yunayted" sardori Garri Maguayr jamoasining ushbu mavsum APLdagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Biz rivojlanish yo'lidamiz. O'tgan mavsumdagi o'yinlar bilan solishtirsangiz, o'sishni ko'rishingiz mumkin. Ha, mavsum davomida quvonarli seriyalar namoyish qildik. Biroq "Manchester Siti" - o'zga olam. Ularga tan berish kerak. "Siti" ketma-ket 20 o'yinda mag'lub bo'lishmadi. Biz esa keraksiz joylarda ochko yo'qotdik. Top-uchrashuvlarda doimo o'zimizga ishonishimiz kerak bo'ladi.
Asosiysi - o'sish bor. APL sovrinini qo'lga kiritishimiz kerak. Ikkinchi o'rin biz uchun kamlik qiladi. Yigitlar ham shuni istamoqda", - dedi Maguayr.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar