Madagaskardagi stadionda bir muxlis vafot etdi va 37 nafar odam jarohatlandi
10 sen 2018 12:44
Yangiliklar
Madagaskardagi stadionda bir muxlis vafot etdi va 37 nafar odam jarohatlandi
Afrika kubogi saralashi doirasidagi Madagaskar - Senegal (2:2) uchrashuvida baxtsiz hodisa sodir bo'ldi.
Antananarivadagi 22 minglik stadion muxlislar bilan to'lib toshdi. Sektorlardan birida muxlis vafot etdi va 37 nafar muxlis jarohat oldi.
O'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida stadion atrofida uzun navbatlar yuzaga keldi. Stadion ichida odamlar xatto zinalarda ham o'tirishdi.
Odam to'lgani bois sektorlardan birida darvozani yopishdi va odamlar bir-birlarining ustiga chiqib ketishdi.
Boshqa malumotlarga ko'ra 47 muxlis tan jarohati olgan.
O’xshash yangiliklar
22:55
Xose Venansio Lopes: "Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik" 2
Fikrlar