Lyuka Ernandes: "Benzemaning "Oltin to'p"ni olishiga shubha yo'q"
05 iyu 2022 16:31
Yangiliklar


Lyuka Ernandes: "Benzemaning "Oltin to'p"ni olishiga shubha yo'q"
Franciya termasi futbolchisi Lyuka Ernandes ushbu mavsumda Karim Benzemaning o'yinlaridan hayratda ekanligini yashirmadi.
"Benzema ECHLni beshinchi marta qo'lga kiritdi. Bu aql bovar qilmas natija. U Franciya futboli va "Real"ning afsonasi. "Oltin to'p"? Menimcha, hech kimda shubha qolmadi.
U o'z o'yinlari orqali barcha francuzlar, shuningdek, klubi muxlislarini hayratga solmoqda", - dedi "Bavariya" himoyachisi.
Karim ushbu mavsum LaLiganing 32 o'yinida qatnashib, 27 gol va 12 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar