Lyuk SHou: “Hamma MYUni tanqid qiladi, “Arsenal”ni hech kim gapirmaydi”
16 fev 2020 09:20
Yangiliklar


Lyuk SHou: “Hamma MYUni tanqid qiladi, “Arsenal”ni hech kim gapirmaydi”
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk SHou jamoasi tomon yo'llangan tanqidlarga qanday munosabatda bo'layotganligi haqida gapirdi.
“Manchester Yunayted” singari katta klubda to'p tepish uchun har qanday malomatlarga tayyor turishing kerak. Hamma vaziyatni kuzatib turibdi va nimadir ko'ngildagidek kechmasa, tanqid toshlari otish boshlanadi. “Arsenal” fantastik jamoa, men ularga hurmatsizlik qilmoqchi emasman. “To'pchilar” mavsumni kutilganidek o'tkaza olishmayapti. Ammo hech kim ular haqida tanqidiy fikrlarni bildirmaydi. Agar MYU bo'lganida, jamoaga malomat toshlari otilardi.
Biz yaxshi o'ynay olmayotgan vaqtimizda nima qilish kerakligini yaxshi tushunamiz”, deya SHouning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror nashri.
Ayni paytda MYU 35 ochko jamg'arib APL turnir jadvalida 9-pog'onada bormoqda. “Arsenal” esa 31 ochko bilan 11-o'rinni band etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar