So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Lyubinko Drulovich: "Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini oldinda yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida o'tadigan Osiyo chempionati kutib turibdi.

Bilasiz, mazkur musobaqada kuchli uchlikdan o'rin oladigan yurt vakillari Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasiga ega chiqishadi.

Ayni paytda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoamiz qita birinchiligiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Terma jamoamiz poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi. 28 avgust sanasidan etiboran yig'inga kirishiladi va rejaga ko'ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg'ulotlar olib boriladi.

Qayd etish joiz, mazkur yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ushbu yig'in oldidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichning oldindagi rejalar xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.



- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga reja asosida tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Yozda Misr olimpiya terma jamoasi O'zbekistonga tashrif buyurdi va ushbu yurt vakillari bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Ana endi yana bir mahoratli futbolchilardan iborat terma jamoa – Eronga qarshi bahs olib boramiz. Imkon qadar yaxshi salohiyatga ega raqiblarga qarshi bahs olib borish orqali qaysi chiziqlarni yaxshilash, qanday jihatlarga yanada ko'proq etibor qaratish lozim ekanini bilib olish imkoniga ega bo'lamiz.

Eronga qarshi 2 ta o'yin o'tkazamiz. Dastlabki bahs 6 sentyabr kuni, ikkinchi esa 9 sentyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bu galgi yig'in doirasida ham terma jamoamizning asosini tashkil etishi kutilayotgan futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib olishimiz mumkin bo'ladi.

Quvonarli jihati shundaki, ayni paytda bir qator futbolchilarimiz o'z klublari safida etakchilar sifatida gavdalanishmoqda va Superligada barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lishmoqda. Biz – murabbiylar shtabi esa imkon qadar har bir ko'z ostimizga olgan o'yinchining o'z klubi tarkibidagi o'yinlarini ham bevosita stadiondan turib kuzatishga harakat qilyapmiz. Ayrim futbolchilarimiz milliy terma jamoa safiga jalb etilayotgani ham quvonarli hol.

Rejaga ko'ra, yanvar oyiga qadar har oy yig'in tashkil etgan holda qita chempionatiga hozirlik olib borishga urinamiz. Oktyabr oyida Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazish ko'zda tutilgan.

O'zbekistonda milliy chempionat uchrashuvlari yakuniga etgach, futbolchilarimizga biroz dam olish imkonini taqdim etamiz. So'ngra Osiyo chempionati oldidan hal qiluvchi yig'inni o'tkazamiz.

Qita birinchiligiga imkon qadar puxta hozirlik olib borishga va chempionat davomida ishqibozlarimizni chiroyli g'alabalar bilan xushnud etishga harakat qilamiz, - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi mutaxassis.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика