So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  4 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Lyubinko Drulovich: "Jahonning kuchli terma jamoalaridan birini mag'lubiyatga uchrata oldik" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Jahonning kuchli terma jamoalaridan birini mag'lubiyatga uchrata oldik"

11 iyun kuni Namanganda o'tkazilgan O'zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari (3:2) o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'rtoqlik uchrashuvlari o'zbek futboli rivoji uchun foydali va muxlislar ushbu g'alabalardan xursand bo'lishdi.

Misr olimpiya terma jamoasi juda jiddiy raqib. Misrliklar oldingi o'yinlarda AQSH terma jamoasi ustidan g'alaba qozonib, Gollandiya termasiga munosib qarshilik ko'rsata olishgan. Biz o'sha uchrashuvlarni o'rganib, tahlil qilgandik. Qisqasi, shogirdlarim jahonning kuchli terma jamoalaridan birini mag'lubiyatga uchrata olishdi va menimcha, Andijon hamda Namanganda qozonilgan g'alabalardan muxlislar ham zavq olishdi, deb o'ylayman.

Fursatdan foydalanib, bugungi bahsda bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab, g'alabamizga madadkor bo'lgan namanganlik muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlar 12-o'yinchi hisoblanishadi. Futbolchilarga ushbu o'yinlar oldidan muxlislarga g'alaba tortiq etish uchun maydonda barcha mahoratlarini namoyish ishga solishlarini takidlagandim. Buni ular ajoyib tarzda uddalashdi va buning uchun shogirdlarimdan minnatdorman", - dedi Lyubinko Drulovich.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика