Lyov faoliyatida tanaffus qilmoqchi
30 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
Lyov faoliyatida tanaffus qilmoqchi
Evro-2020ni tark etgan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov kelajagi haqida gapirdi.
"Men hali hech qanday qaror qabul qilmadim. O'n besh yillik javobgarlikdan so'ng menga dam olish va yangi quvvat olish foydali bo'lardi. Ammo, ayni damda menda aniq reja yo'q.
Nafaqaga ketaman deyishni xohlamayman, shunchaki hissiy tanaffus qilishim va ortga qadam tashlashim kerak. Menga bu vaqt kerak, ammo oldinda qiziqarli nimadir kutayotganiga ishonchim komil", - deydi Lyov.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiylik rolida Lyovning o'rnini Xans-Diter Flik egallaydi.
Fikrlar