Lyaport Gavi haqida: "U huddi 25 yoshlardek o'ynamoqda"
15 noy 2021 14:11
Yangiliklar
Lyaport Gavi haqida: "U huddi 25 yoshlardek o'ynamoqda"
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Emerik Lyaport SHveciya (1:0)ga qarshi JCH-2022 saralash bosqichidagi g'alabadan so'ng 17 yoshli yarim himoyachi Gavi haqida gapirdi.
"U doim ajoyib ishni bajarmoqda. U huddi 25 yoshlardek o'ynamoqda va men bundan juda ham hayratdaman, ammo uni o'zimizda ko'rishdan juda mamnunman", - deydi Lyaport.
Gavi Ispaniya terma jamoasida Italiyaga qarshi 2021 yilning 6 oktyabrida bo'lib o'tgan Millatlar Ligasi yarim finalida debyut qilgan.
U terma jamoada jami 4ta o'yinda maydonga tushdi va ularning barchasida o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Fikrlar