Emerik Lyaport La Ligaga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024
"Al Nassr" himoyachisi Emerik Lyaport "Atletik Bilbao"ga qaytishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi va ispan klubi bu transferni amalga oshirish yo'llarini izlashmoqda. Takidlanishicha, futbolchi Saudiya Arabistoni futboli va mamlakatdagi hayot tarziga to'liq ko'nika olmagan. Shuningdek, Ar Riyod klubi rahbarlari Lyaportning Saudiya Arabistonidagi futbol haqida bildirgan fikrlarini ijobiy qabul qilmagan va sportchiga nisbatan jazo choralari qo'llanilgan.

Endilikda Emerikning Yevropaga qaytishi barcha tomonlar uchun eng maqul yo'l sifatida qaralmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca