Lyaport La Ligaga qaytishi mumkin

Alisher
9 iyun 2024, 14:58
"Al Nassr" himoyachisi Emerik Lyaport Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, "Al Nassr"da Ispaniya chempionatidagi klublardan birining 7 million evrolik taklifi bor. Saudiyaliklar uni rad etishdi, ammo ehtimoliy xaridorlar yangi taklif tayyorlashmoqda.

Emerik Lyaport joriy mavsum "Al Nassr" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti