“Atletiko” “Tottenxem”dan Romeroni sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
11 avg 2026, 18:07
“Atletiko” “Tottenxem” markaziy himoyachisi Kristian Romeroni safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

28 yoshli argentinalik futbolchi madridliklar safiga o'tishga rozilik bergan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi.

Shuningdek, Romeroni sotib olishga “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda, biroq “Tottenxem” o'z o'yinchisini “kanonirlar”ga sotishni xohlamayapti. Futbolchiga “Barselona” ham xaridor bo'lib turgandi, ammo kataloniyaliklar ayni vaqtda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining transferi ustida ish olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano