

Shu paytgacha jamoani boshqarib kelayotgan Ilhom Mo'minjonov o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqarildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, jamoani oldindagi uchrashuvlarda vaqtincha Ilyos Qurbonov boshqaradi. Unga ayni paytdagi mutaxassislar Zohid Abdullaev, Akmal Ortiqov, Andrey Shumara yordam berishda davom etadi. Ilyos Qurbonov "Metallurg" uchun begona emas, u 2024 yilgi mavsum oxirida jamoani boshqargan va Superligada olib qolgan edi. Bungacha u Ilhom Mo'minjonovning shtabida ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, bekobodliklar Proligada navbatdagi uchrashuvini 15 avgust kuni mehmonda Respublika FAga qarshi o'tkazadi.



