Lyaich "Beshiktosh" bilan shartnomasini bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
03 sen 2021 11:23
Yangiliklar
Lyaich "Beshiktosh" bilan shartnomasini bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
"Beshiktosh" yarim himoyachisi Adem Lyaich klubdan ketadi.
Klub rahbariyati 2022 yilda shartnomasi tugaydigan 29 yoshli serb bilan bitimni muddatidan oldin bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
O'yinchiga "Verona" va PAOK qiziqish bildirmoqda. Oldinroq futbolchining "Spartak" (Moskva)ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar yangragan edi. Ammo, futbolchining sevgan qizi Moskvada yashashni xohlamagani sabab u "qizillar" safiga o'tmagan edi.
Lyaich 2019 yilda "Beshiktosh"da o'ynaydi. Xavbek bu vaqt davomida 85ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 26ta assist qayd etdi.
Fikrlar