So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Lutfulla To'raevning maydonga tushishi milliy jamoamizning taktik sxemasini o'zgartirib yuborgan o'yin haqida Yangiliklar

Lutfulla To'raevning maydonga tushishi milliy jamoamizning taktik sxemasini o'zgartirib yuborgan o'yin haqida

Kecha O'zbekiston milliy jamoasi va O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtasidagi nazorat uchrashuvini kuzatgan saytimiz ijodkori SHahboz Beg'amov o'yindagi etiborga molik vaziyatlar va Abramov qo'llagan ikki xil taktik sxema haqida malumot beradi.

O'yinda dastlab Hamdamov Alijonovning uzatmasini golga aylantirgan bo'lsa, keyinchalik Bobir Abdixoliqov himoya markazida yo'l qo'yilgan xatodan keyin muvozanatni osonlik bilan tikladi. SHundan so'ng Hamdamovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini Igor Sergeev golga aylantira olmadi. Bu vaziyatda Abduvohid Nematov Sergeevning zarbasi yo'liga tug'anoq bo'ldi. Ammo tanaffusga qadar G'anievning uzatmasini baribir Sergeev golga aylantirib, milliy jamoamiz ustunligini hisobda aks ettirdi.

Qayd etish kerakki, birinchi bo'limda o'yin taraflama Olimpiya terma jamoamiz yorqin va kuchliroq o'ynadi. Xavfli vaziyatlar yaratish borasida ham aynan olimpiya terma jamoamiz faol ko'rindi. Qator vaziyatlarda Suyunov jamoasini gollardan qutqargan bo'lsa, bazi vaziyatlarda yoshlarga sovuqqonlik etishmadi. Milliy jamoamiz esa tajriba va mahorat evaziga o'yinda ko'rinmagan ustunlikni hisobda aks ettirdi.

Tanaffusdan keyin Abramov jamoa tarkibini deyarli yangiladi. Faqatgina hujumda o'ynagan Sergeev o'rni bo'shatilmadi. Qolgan barcha chiziq va poziciyalarda o'zgarish kuzatildi. Hamrobekov tayanch zonasiga tushgach ikkinchi bo'limda milliy jamoamiz o'yinni to'liq nazorat qildi va tanaffusdan keyin Jasur Yaxshiboevning uzatmasini ham golga aylantirgan Sergeev uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi.


O'yinda Abramov 4-3-3 taktik sxemasini tanladi. Birinchi bo'limda jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish olgandi:

Darvozabon: Eldor Suyunov

Himoyachilar: Xojiakbar Alijonov (o'ng qanot), Islom To'xtaxo'jaev (markaz), Rustam Ashurmatov (markaz), Farruh Sayfiev (chap qanot).

Yarim himoyachilar: Akbar Ismatullaev (tayanch zonasi), Aziz G'aniev (markaz), Sardor Mirzaev (markaz).

Hujumchilar: Doston Hamdamov (vinger), Igor Sergeev (markaziy hujumchi), Jaloliddin Masharipov (vinger).

Tanaffusdan keyin tarkib quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Sanjar Quvvatov

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev (o'ng qanot), Umar Eshmurodov (markaz), Egor Krimec (markaz), SHarof Muhitdinov (chap qanot)

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (tayanch zonasi), Jamshid Iskanderov (markaz), Oston O'runov (markaz)

Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev (vinger), Igor Sergeev (markaziy hujumchi), Xurshid G'iyosov (vinger).

Qayd etish kerakki, shu kuni terma jamoa yig'inida bo'lib turgan Otabek SHukurov va Temurxo'ja Abduxoliqov o'yinda ishtirok etmadi. SHukurov yaqinda terma jamoaga kelgan va hali to'liq mashg'ulot o'tkazishga ulgurmagani uchun maydonga tushmadi. Temurxo'ja Abduxoliqov ham o'yin kuni terma jamoa ixtiyoriga kelgani bois uchrashuvda ishtirok etmadi. Aliboev va SHomurodov esa bugundan terma jamoa yig'iniga qo'shilishi ko'zda tutilgan. 

Odil Ahmedov esa ikkinchi bo'lim boshlanganidan keyin Igor Sergeevni almashtirdi. SHundan keyin esa qanot vingerida o'ynagan Yaxshiboev markaziy hujumga, Odil Ahmedov markazga, Oston O'runov esa o'ng qanot vingeri roliga o'tdi. 

Biroq uchrashuvning 70-daqiqa Abramov yana bir o'zgarishga qo'l urdi. O'ng qanot himoyasida o'ynagan Dilshod Ahmadaliev o'z o'rnini yarim himoyachi Lutfulla To'raevga bo'shatdi. Bu o'yinchi almashtirish esa taktik o'zgarishga aylandi. To'raev maydonga tushgach, milliy jamoamizning 4-3-3 taktik sxemasi 3-4-2-1ga aylandi. Yani, mudofaa chizig'ida 3 markaziy himoyachi sifatida Eshmurodov, Krimec va Muhitdinov o'ynadi. Tayanch zonasiga esa Hamrobekov bilan To'raev javobgar bo'ldi. Oston O'runov bilan Xurshid G'iyosov esa o'ng va chap qanotda lateral sifatida o'ynashdi. Hujumchi ortida, yani insayd sifatida Ahmedov bilan Iskanderov o'ynagan bo'lsa, zaxirada boshqa sof hujumchi bo'lmagani bois markaziy hujumchi rolida Jasur Yaxshiboev o'yinni tugatib qo'ydi.

Mazkur o'yinda Abramov yig'ingan chaqirilgan ortiqcha 5 nafar futbolchidan kimlar yakuniy ro'yxatdan tushib qolishi va zaxira varianti sifatida qarayotgan 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashni sinovdan o'tkazdi.

Demak Abramov terma jamoamizni 4-3-3 yoki 3-4-2-1 taktik sxemalarida o'ynatishni rejalashtirmoqda. Yaman yoki Singapurga qarshi o'yinda ham balki zaxira varianti sifatida ko'rilgan taktik sxemadan foydalanib qolinishi ehtimoli mavjud.


Nazorat uchrashuvi.

O'zbekiston MTJ - O'zbekiston OTJ 3:1

Gollar: Doston Hamdamov (11), Igor Sergeev (45, 58) - Bobir Abdixoliqov (34).

Amalga oshirilmagan penalti: Igor Sergeev (37, darvozabon)

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика