So’nggi yangiliklar

17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  0 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  2 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  1 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   14 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  6 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0

Lushan "So'g'diyona"ga kelayotgan yulduzlarga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmasligini elon qildi Yangiliklar

Lushan "So'g'diyona"ga kelayotgan yulduzlarga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmasligini elon qildi

"So'g'diyona" jiddiy transferlar tayyorlayotganini jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan tasdiqladi.

- "So'g'diyona" tarkibni keskin kuchaytirayotgani haqiqat. Biz nafaqat O'zbekistondagi futbolchilar, balki xorijdan kuchli legionerlar olib kelish bo'yicha muzokara o'tkazyapmiz. Biz imkoniyatimiz boricha kuchayamiz. Bizga kuchli va yuqori saviyadagi futbolchilar zarur. Jamoa raqobatga chanqoq. CHunki rahbariyat qo'yayotgan vazifalarni bajarish uchun tarkibni kuchaytirmoq lozim. Rahbariyat esa "So'g'diyona"ni kuchli-oltitalikka kirishi lozim deb hisoblamoqda. SHu boisdan ham tarkibni keskin kuchaytirmoqchimiz.

Slavko Lukich bilan gaplashdim, ha uni men "So'g'diyona"da ko'rishni xohlayman. Jasur Hasanov? Nafaqat u, balki boshqa bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazyapmiz. Men istayotgan futbolchilarni "So'g'diyona"da ko'rsam xursand bo'laman. Lekin bu ularga qo'shimcha imtiyozlar bermaydi. Kim kelishidan qati nazar, ular kuchliligini isbotlasagina asosiy tarkibda o'ynashadi. Aksincha bo'lsa, boshlang'ich tarkibda boshqalar o'ynaydi. Har qanday holatda ham biz kuchayishni istaymiz. Umid qilamanki, bu transferlar bizga kuchli-oltilikka kirishga yordam beradi.

Ikkinchi davra yakunlanishiga oz fursat qoldi? Men bu qisqa fursatda tarkibni kuchaytirgan holda kuchli-oltilikka jamoani olib kira olamanmi? Bilmadim, folbin emasman. Biz shunchaki o'z ishimizni qilamiz, qolganini vaqt ko'rsatadi. Agarda qolgan barcha o'yinlarni yutadigan bo'lsak, unda nafaqat oltitalik, balki 1-o'rinda bo'lamiz. Aytadiku, jo'jani kuzda sanaymiz.

Ishoning, hozirgi chempionatdagi tizim hali bizga juda ko'p syurprizlarni taqdim etadi. Hali chempionlik masalasi ham ochiq turibdi. Reglamentdagi "oltin ochkolar" qoidasi hali ko'p joyni ag'dar-tuntar qiladi. Juda katta syurprizlar bo'lishini taxmin qilyapman. Bu "oltin ochkolar" qoidasi qanchalik to'g'ri yoki yo'q bilmadim, ammo bu reglament bizga yangi sovg'alarni taqdim etadi. Nima har qilardik, reglamentga bo'ysungan holatda ishtirok etaveramiz. Bizga nima farqi bor?

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика