Lukaku yana tanqidga uchradi
21 apr 2022 21:51
Yangiliklar


Lukaku yana tanqidga uchradi
50 yoshli niderlandiyalik Jimmi-Floyd Xasselbaynk Romelu Lukakuni "CHelsi"ning so'nggi o'yinlaridagi o'yini uchun tanqid qildi.
"Lukaku, sen eng yaxshi mavsumni o'tkazmading, lekin senda hali imkoniyat bor – borib kimgadir erkak ekaningni ko'rsat. Oldinga yur va o'ynash istagingni namoyish qil. Men buni senda ko'rmayapman.
Uning yaxshi o'yin ko'rsatishini juda xohlayman, u jamoaga kerak. Ko'ryapsizmi, Kay Xaverc maydonga tushganida to'pni qabul qilisha intilmoqda. Hamma narsa ham o'xshamayapti, lekin u shunga harakat qilyapti. Men buni Lukakuda ko'rmayapman. Bu uning aybi deb aytolmayman, biroq u jamoa etakchisi, demak, u qolganlardan ko'ra ko'proq harakat qilishi lozim", – dedi Xasselbaynk.
"CHelsi" 31 turdan keyin 62 ochko bilan APLda 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar