Lukaku PSJ va "Manchester Siti"ga kerak, "Inter" esa...
09 fev 2021 02:04
Yangiliklar


Lukaku PSJ va "Manchester Siti"ga kerak, "Inter" esa...
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Inter" yiliga 7,5 mln evro maosh oladigan futbolchini sotish uchun ajoyib, rad etib bo'lmas taklifni qabul qilib olish kerak. Lukakuning o'zi esa jamoani tark etgisi kelmayapti. Biroq ko'p narsa "Inter"ga bog'liq.
Uning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda, jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tarkibga top-hujumchi olib kelinishini istamoqda. Undan tashqari, "Manchester Siti" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Ikki klub ham Lukaku borasidagi holatni muntazam kuzatib bormoqda. U ushbu mavsumda "Inter" tarkibida 20 o'yinda 14 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar