So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Машъал" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  3 20:53Испаниялик иқтидор эгаси "Реал" таклифига жавоб қайтарди  0 20:30"Пахтакор" — "Динамо" 0:0 (Матнли трансляция)  15 20:28"Насаф" — "Нефтчи" ўртасидаги турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади. Фарғоналиклар қаторасига учинчи баҳсда ҳам дуранг ўйнашди  83 20:25ЦСКА — "Динамо Махачкала". Файзуллаев асосий таркибда  2 19:33Назорат ўйини. Ўзбекистоннинг Жанубий Кореяга қарши ўйин учун таркиби маълум  1 19:22"Сумқайит" — "Сабаҳ". Абдихолиқов, Жалолиддинов ва Раҳмоналиев иштирокидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 19:19"Машъал" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  2 18:55"РБ Лейпциг" Хави Симонснинг нархини "Манчестер Юнайтед"га маълум қилди  1 18:21ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Қайрат"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида барча ўзбекистонликлар асосий таркибда майдонга тушди  5 17:28Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Адана Демирспор"га 5 та гол урди, Турғунбоев 62-дақиқада ўйинга қўшилди  2 16:58ПСЖ "Барселона" хавбеки учун 100 млн евро беришга тайёр  5 16:32"Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасида жанговар дуранг қайд этилган даҳшатли водий дербисидан фотогалерея  11 16:04"Барселона" ва "Реал" Испания терма жамоаси посбони учун курашади  1 15:38Кейннинг "Бавария"даги келажаги бўйича позицияси маълум қилинди  1

Luisma Ernandes: "To'p darvozaga kirmasa, g'alaba qozonib bo'lmaydi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "To'p darvozaga kirmasa, g'alaba qozonib bo'lmaydi"

Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Qo'qon-1912" (0:0) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Ikki jamoa ham o'yin nazoratini qo'lga olishga urindi. Etarlicha imkoniyatlarga ega bo'ldik. 3 ochko olishimiz mumkin edi, biroq to'p darvozaga kirmasa, g'alaba qozonib bo'lmaydi. 

Futbolchilarimizning o'yinga bo'lgan munosabatidan xursandman. Bugungi bahsdan keyin 3-4 kun dam olamiz. O'ylaymanki, bu foyda keltiradi. 

- Birinchi taymda faolligi bilan ajralib turgan Abror Toshqo'zievning kutilmaganda ikkinchi taymda almashtirilganini nima bilan izohlaysiz?

- Abror Toshqo'ziev jarohat olgani uchun almashtirishga majbur bo'ldik.

- Bektemir Abdumannonov ikki o'yindan buyon faol o'yin ko'rsatmoqda va charchab ulgurmasdan, zaxiraga olinmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- CHarchagan-charchamaganini qaerdan bilyapsizlar? Umuman olganda, Bektemir ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Uni o'zgartirishga qaror qildik, bor gap shu.

- Oldinda "Metallurg"ni ketma-ket 3 ta kuchli jamoaga qarshi o'yinlar kutib turibdi – bular "Paxtakor", "So'g'diyona" va "Qizilqum". Jarohat olgan futbolchilar ungacha jarohatdan qutulishadimi?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, bugungi o'yindan keyingi dam olish kunlari ko'p o'yinchilarimizga foyda keltiradi. 

Jarohatlanganlar sekin-asta safga qaytmoqda. Jumladan, Behruz SHodmonov ham tez orada safga qaytadi. 

O'ylashimcha, avgust oyida juda yaxshi ishtirok etib, 7 ochko ishladik va turnir jadvalida yaxshi pog'onani egallab turibmiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика