So’nggi yangiliklar

13:58МЛС клуби Поль Погба билан музокара ўтказди  0 13:05"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:50Музаффар Олимжонов: "Мазкур ўйиндаги ғалаба билан барча айбимизни ювдик деб ўйлайман"  1 12:23Ислом Тўхтахўжаев: "Барча ўйинда камбэк амалга ошириб бўлмайди. Чемпионлик учун 4-5 жамоа кураш олиб боради"  2 12:08Ҳамидулло Абдунабиев: Шуни унутмаслик керакки, биз мусобақа пешқадамига қарши майдонга чиққан эдик"   1 11:49Миржамол Қосимов: "Ўтган мавсум давомида ҳам ҳеч ким бизни чемпионликка даъвогарлар сафида тилга олишмаганди"  2 11:26Темурхўжа Абдухолиқов: "Иккита дурангни муваффақиятсизлик дейиш бизни хурсанд қиляпти, сабаби..."  2 11:09Моуриньо "Фенербахче"да Кьезани кўрмоқчи  0 10:44Таҳлил. Қосимов ғалаба учун ҳамма нарса қилди, Зейтуллаев янги "Бунёдкор"ни қуряпти  5 10:40«Қўқон-1912» легионери:« Бу лаҳзани анчадан бери кутгандим»  0 10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  30 09:38«Арсенал»нинг икки футболчиси ПСЖга қарши учрашувдан аввал жароҳатдан қайтди  8 09:10«Рома»нинг шорт-листида 4 нафар мураббий бор  8 08:40Мессининг «Барселона»га қайтмаслигининг сабаби маълум  20 08:12Фабрицио Романо Анчелоттининг келажаги ҳақида фикр билдирди  1

Luisma Ernandes: "Klub siyosatida legioner futbolchini jamoaga olib kelish rejasi yo'q" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Klub siyosatida legioner futbolchini jamoaga olib kelish rejasi yo'q"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- SHiddatli o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa g'alaba uchun o'ynadi. Vaziyatlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, yakun durang natija bilan tugadi.

- Ispaniyalik murabbiylar raqibni sinchiklab o'rganib chiqadimi? Bugun "Metallurg" 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsa ham mezbonlarga bo'sh xudud qoldirmadi. Raqibni qay darajada o'rgandingiz va kimdan xavf kutgandingiz?

- Har qanday murabbiy raqibni o'rganadi. Biz ham “Bunyodkor"ning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Hujumkor jamoa, biz o'yin uslubimizni shunga moslab tashkil qildik. 

- Jamoada haqiqiy ispancha futbolni qachon ko'rishimiz mumkin? Bu jarayon qiyin kechayotgandek taasurot uyg'otmoqda...

- O'tgan turda "Qizilqum" bilan o'ynadik, shu bahsni ko'rib chiqishingizni tavsiya qilaman. Bugun maydonda 10 kishi bo'lib qoldik, shunga qaramay vaziyatlar yarata oldik. Futbolda faqat chiroyli o'ynab natijaga erishib bo'lmaydi. Vaziyatlardan foydalanishni ham bilish kerak. Birinchi bo'limda hisob 0:0 edi, ikkinchi bo'lim boshidayoq bir futbolchimiz chetlatildi. Bir vaziyatda penalti bo'lgandek ko'rindi, ammo bu xolat ko'rib chiqilmadi. Bugun g'alaba uchun ishtiyoq bilan o'ynadik.

- Hakamlik haqida fikringiz qanday? Bir vaziyatda ularga jiddiy etiroz bildirdingiz?

- Umuman olganda yaxshi hakamlik bo'ldi. O'yin shiddatli kechgani sabab har bir vaziyatga etibor qaratishlarini istadim. Bir vaziyatni inobatga olmasa qolgan barcha xolatda hakamlar o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. Har bir harakatlarim hakamlarga nisbatan hurmat yuzasidan amalga oshirildi. O'yin yakunida ularga qo'l berib minnatdorchilik bildirdim.

- "Metallurg"ga davralar oralig'ida ispaniyalik futbolchini olib kelib jamoa o'yinini kuchaytirish rejada bormi?

- Klub siyosati sabab biz legioner futbolchi jalb etmaymiz. Mahalliy futbolchilarni jalb etishimiz, yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Jarohatlar sabab o'yinimiz ozgina pasaydi. Masalan tajribali futbolchi Fozil Musaev jarohat tufayli safdan chiqdi. Ular safimizga tez orada qaytishadi va o'yinimiz yaxshi tomonga o'zgaradi deb o'ylayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика