Luis Suares: “Urugvay terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etishi shart”
11 noy 2013 15:06
Yangiliklar


Luis Suares: “Urugvay terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etishi shart”
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares, uning jamoasi Jahon chempionati-2014 musobaqalariga ishtirok etishga haqli ekanligini takidlab o'tdi.
“Liverpul” futbolchisining aytishicha, jamoaning barcha futbolchilari ushbu musobaqada ishtirok etish uchun jon-jahti bilan harakat qilayotgan ekan.
“Bizning jamoa mundialda ishtirok etishni juda-juda xohlayapti. Ishontirib aytamanki, biz oldimizga qo'ygan maqsadga erishamiz”, - deydi Suares.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Oskar Tabares shogirdlari Iordaniya qarshiligidan o'tishlariga to'g'ri keladi.

Fikrlar