Luis Suares raqiblarini boshqa tishlamaslikka vada berdi
30 iyu 2014 23:22
Yangiliklar
Luis Suares raqiblarini boshqa tishlamaslikka vada berdi
Italiyalik raqibini tishlab olgan futbol bo'yicha Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares qilgan ishi uchun uzr so'radi.
Twitter’dagi mikroblogida malum qilishicha, Suares bo'lgan voqeadan qattiq afsusda.
Bir necha kun davomida uyda oilam bilan bo'lganimdan so'ng, menda o'z xotirjamligimni tiklash va 2014 yilning 24 iyun kuni, Italiya – Urugvay o'yini vaqtida sodir bo'lgan voqeani chuqur o'ylab ko'rish imkoni bo'ldi, – deb yozadi futbolchi.
Men bo'lgan voqeadan qattiq afsusdaman. Men Jorjo Kellinidan va butun futbol hamjamiyatidan uzr so'rayman. Bunday voqea boshqa takrorlanmasligiga so'z beraman, – deydi Suares.
Braziliyadagi JCH-2014 vaqtida Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun, FIFA Suaresni to'rt oyga futboldan chetlatdi. Hujumchi bu vaqt davomida futbol o'ynashi va stadionlarga tashrif buyurishi mumkin emas.

Fikrlar