Luis Suares: "Neymarni sog'indik"
08 noy 2017 16:08
Yangiliklar
Luis Suares: "Neymarni sog'indik"
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning so'zlariga ko'ra, klubdagilar yozda PSJga o'tgan Neymarni sog'inishmoqda.
Oktyabr oxirida braziliyalik Kataloniya klubidagi do'stlarini ko'rgani kelgan edi.
"Biz Neymarni maydonda sog'inyapmiz, biroq ko'proq uning o'zini chunki u o'zgacha edi. U bilan quvnoqroq bo'lardi. Neymar doimo baxt va xursandchilik taratib turgan. U biz uchun muhim edi. Hozir u boshqa jamoada o'ynamoqda, biroq xafa emasman. Neymarni jamoada qolishga ko'ndirmoqchi bo'lganman, chunki bu er u uchun eng yaxshi joy deb o'ylaganman, ammo uning qarorini qabul qilish lozim.
Biz Messi bilan jamoaga foyda keltiradigan ish qilishni istaganmiz, lekin hech qachon "Ketma, chunki baxtli bo'lmaysan" demaganmiz. SHunchaki uning ketishini istamagan edik. Og'ir bo'ldi, chunki do'stlarmiz" - deydi Suares.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar