Luis Enrike JCH-2022da Germaniya bilan bir guruhdan o'rin olganiga munosabat bildirdi
02 apr 2022 07:40
Yangiliklar
Luis Enrike JCH-2022da Germaniya bilan bir guruhdan o'rin olganiga munosabat bildirdi
Ispanlar E guruhida Germaniya, Yaponiya va Kosta-Rika - Yangi Zelandiya o'yini g'olibiga qarshi o'ynaydilar.
"Biz ushbu jahon chempionatini zabt etmoqchimiz. Bu o'rtoqlik o'yini bo'ladimi, Evropa yoki jahon chempionati bo'ladimi, o'yin uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz.
Bizda aniq uslub bor va biz bilan raqobatlashish qiyin. Har qanday jamoa balki bizni mag'lub etishi mumkin, ammo biz ham barcha raqiblarni yuta olamiz.
Ushbu qiyin qura yakunda balki eng osoniga aylanar. Jamoalar u erga qanday holatda borishlarini xech kim bilmaydi. Syurprizlar ham bo'lishi mumkin.
Ikkinchi savatchada Germaniya eng kuchli raqib edi. Kuchli jamoa. Top-murabbiy kelganidan keyin ular yanada kuchayishdi. Ammo biz boshqacha kuchmiz, jahonda ettinchimiz va jahonni zabt etmoqchimiz.
Oson o'yinlar bo'lmaydi. Biz Yaponiyani juda yaxshi bilamiz - qiyin bo'ladi", - dedi Enrike.
Fikrlar