Luis Enrike: Bugun kambekka ishonishim juda qiyin
12 apr 2017 08:15
Yangiliklar
Luis Enrike: Bugun kambekka ishonishim juda qiyin
Barselona ustozi Luis Enrike Yuventusga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Birinchi bo'limda juda ham yomon ko'rindik, xuddi PSJ bilan uchinchi o'yinga o'xshab qoldi. Yuventus bilan o'yinda bunday o'ynamaslik kerak.
Endi bugungi bahsda nimalarni xato qilganimizni tahlil qilishimiz kerak. Hozir kambekka ishonmayapman, PSJga qarshi bahsdan keyin ishongandim.
Buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik, ammo raqib ham yaxshi o'ynadi. Birinchi taym hamon yodimdan ketmayapti, – deydi Enrike.
Fikrlar