So’nggi yangiliklar

21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10

Lui van Gal. Birinchi kun Yangiliklar

Lui van Gal. Birinchi kun

Lui van Galning butun dunyo qarshisida “Yunayted” murabbiyi sifatida tanishtirilishi – rostdan ham shov-shuvli voqea.
#LVG xeshtegi trendlar safiga qo'shildi. U nima dedi? Qanday kiyimda edi? O'zini qanday tutdi? Keling buning barchasini ketma-ketlik bilan eslaymiz.

Lui van Gal. Rasman! Birinchi kun. Boshladik!

Bu tong ijod bilan boshlandi. Iqtidorli pop-art rassom – Endi Uerol, 25000 ta gul bilan va Willian Hill yordamida Manchester parkining markazida Van Galning suratini yaratishdi.



“Bo'lish va erishasan” – Luining shiori. Nega? Hammasi oddiy: Lui van Gal “Manchester Yunayted” bilan muzokaralar payti “Muscles for Muscles” tashkilotiga million dollar o'tkazib berishni so'ragan. Van Gal agent xizmatlaridan foydalanmaydi, ammo gollandiyalik murabbiy o'sha shartnoma bilan hammasi haqqoniy bo'lishini xohladi.  

Bu tenglashtirishlarsiz bo'lmadi. Doimo jurnalistlar solishtirishni yoqtirishgan: kim ko'p tilni biladi, kimda yutuqlar ko'p va boshqalar.



Hayot tarzi, dildan suhbatlar, do'stlar davrasi – Angliya pivosisiz bo'lmaydi. Lui, jurnalistlar aytgandek, trendni biladi.


.
Kun hazili: Lui van gal Fil Jons bilan uchrashdi.



Lui futbolchi sifatida. Bu suratda nima bo'layotganini o'ylashni ham xohlamayman. Huddi begona kishi qalbingizga nazar tashlayotgandek!


 
Hammasi tayyor. Zal kutmoqda.


 
Matbuot-anjumanidan suhbatlar.

Bobbi CHarlton haqida:
“Ser Bobbi CHarltonga minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu erga kelib, u bilan uchrashish men uchun sharaf. U “Yunayted” va Angliya futboliga juda kerakli inson. U bilan matbuot-anjumanida ishtirok etayotganimdan fahrlanaman”.


 
Kutilgan narsalar:
“Bu dunyodagi eng katta klub. Klub yana yutuqlarga erishishi uchun, men bor kuchimni ishga solaman. Buni qaytadan amalga oshira olishimni isbotlay olaman. Butun dunyo “Yunayted” haqida biladi. Men Braziliyadaligimda, hamma klub haqida gapirar edi. Hamma mendan nimadir kutyapti”

Hozirgi tarkib haqida:
“Menda doim bir shior: Menga tegishli bo'lgan barcha futbolchilarimni ko'rsating. So'zsiz, men kim qanday o'ynashini bilaman. Ammo ular bilan mashg'ulot o'tkazmay turib, futbolchilar bilan yaqindan tanisha olmayman. Barchasini ko'rib chiqish uchun menga 3-4 hafta kerak. Ularning darajasini ko'raman va shundan keyingina, futbolchi sotib olish kerakmi, yo'qmi aytaman. Bu mavsumda SHou va Erreraga ishonyapman”.


 
Jamoa sardori haqida:
“Hammasini tez hal qilish shart emas. Vaqt bor. Sardor – jamoaning juda muhim qismi”.

Ser Aleks Fergyuson haqida:
“Ser Aleks shaxsan qo'ng'iroq qilib, meni tabrikladi. Biz bir-birimizni bilamiz. Albatta u bilan bir finjon choy ichamiz, yo'q, yaxshisi bir bokal vino”.

Runi haqida:
“Men butun faoliyatim davomida, har doim ham futbolchilarning tajribasiga ishonmaganman.Men bu hikoyani ming marta so'zlab berganman: 16 yoshli Klarens Zeedorf men murabbiylik qilgan “Ayaks”da debyut qilgan va bazida 30 yoshli futbolchilardan tajribaliroq ko'rinar edi. Yaqinda Maykl Kerrik jarohat oldi. Afsusdaman, chunki u tajribali futbolchi. Futbol tajribasi emas, hayot tajribasi ham muhim. Mening ish usulim shulardan iborat”.


 
SHu so'zlar bilan matbuot-anjumani o'z nihoyasiga etdi, ammo tarmoqlarda bahslar davom etadi.


Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика