Lui van Gal: Angliya kubogini qo'lga kiritish haqida orzu qilayapmiz
30 jan 2016 09:00
Yangiliklar


Lui van Gal: Angliya kubogini qo'lga kiritish haqida orzu qilayapmiz
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal Angliya kubogi 4-bosqichi doirasidagi Derbi Kauntiga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Balki biz bugun o'ylaganimizdan ham yaxshi harakat qilgandirmiz. Derbi Kaunti himoyasiga qarshi yaxshi o'ynadik. Raqibga gol sovg'a qildik, ammo tanaffusda biz yaxshi o'ynayotganimizni va g'alaba qozonishimizni aytidim.
Blindning goli? U vaziyatni to'g'ri his qila oldi, ajoyibgol. U gol urgan paytda nimani yozdim? Golli pasni kim oshirganini (Jessi Lingard) yozdim.
APL muhim, ammo Angliya kubogi juda tarixiy musobaqa. Bu sovrinni ancha yillardan buyon yuta olmayapmiz, shu bois kubokni qo'lga kiritishni orzu qilayapmiz. Ammo ikkita g'alabadan so'ng sovrin haqida gapirishga vaqtli, – deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar