Lotar Matteus: "Lev chiroyli futbol bilan sovrin yutib bo'lmasligini tushundi"
06 iyu 2014 22:15
Yangiliklar
Lotar Matteus: "Lev chiroyli futbol bilan sovrin yutib bo'lmasligini tushundi"
Germaniyalik taniqli sobiq futbolchi Lotar Matteus terma jamoa o'yini haqida to'xtalib o'tdi.
Germaniya juda chiroyli o'yin ko'rsatmayapti. So'nggi ikkita mundialda terma jamoa ancha chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Yoaxim Lev chiroyli futbol bilan sovrin yutib bo'lmaslini tushundi. Ayni paytda jamoaning asosiy maqsadi faqat chempionlik. SHu uchun bu safar ancha ehtiyotkor futbol namoyish etilmoqda.
Muxlislarga Jazoirga qarshi o'yin yoqmaganigi tushunsa bo'ladi. Ammo futbolchilar ham o'ylashmoqda, chiroyli futbol ko'rsatgan maqulmi yoki uyga sovrin yutgan holda qaytgan yaxshimi deb. Buning javobi aniq.
Fikrlar