Loran Koselni:Franciyadan ko'ra Angliyada mashhurroqman
07 noy 2016 10:02
Yangiliklar
Loran Koselni:Franciyadan ko'ra Angliyada mashhurroqman
Arsen Vengerning franciyalik yosh futbolchilarga qiziqishi ko'pchilikka malum. Xususan, 2009 yili kanonirlarning unchalik taniqli bo'lmagan Loran Koselni uchun 12 million evro to'lashgani futbol jamoatchiligini ajablantirgandi. Mana, oradan etti yil o'tgach, o'sha summa haqida hech kim gapirmayapti. SHu o'rinda aytish joiz, ayni paytda Evropaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylangan Koselniga Barselona qiziqish bildirmoqda.
- Loran, sizda birorta ham tatuirovka yo'qmi?
- Yo'q.
- Garajingizda nechta mashina bor?
- Ikkita. Biri meniki, ikkinchisi rafiqamniki.
- Avtomobilingizning markasi qanday?
- Mersedes-Benc
- 2014 yili siz tug'ilib o'sgan shahar - Tyulldagi akkordeonlar ishlab chiqaruvchi Maugein kompaniyasiga sarmoya kiritib, bankrotlikdan qutqarib qolgandingiz. Ayni paytda ushbu muassasaning ishlari qanday ketyapti?
- Ota-onam bu haqda muntazam xabar berib turishadi. Hammasi yaxshi. Hozirda biznesimiz o'zini qoplashga yaqin turibdi. Lekin bu uzoq jarayon. Astoydil izlanyapmiz, yangi jihozlar borasida ish olib boryapmiz, qolaversa, marketing degandek...
- Nima uchun bu ishga qo'l urdingiz?
- U erdagilar ota-onam bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirishgan. Kompaniya inqiroz yoqasida bo'lgan, sarmoyaga muhtoj edi. Onam bilan gaplashgach, shunga qaror qildim. Bu kompaniya deyarli 100 yildan buyon mavjud. Akkordeon - biz uchun madaniy ramz hisoblanadi. Hattoki, Nuits de Nacre festivali ham o'tkaziladi. Kompaniyani qutqarish kerak edi. Hayotda omadim kelgan, pulim bor. SHu bois ham ularga yordam berdim.
- O'zingiz kiritgan 600 ming evrolik sarmoya haqida bilmasliklarini istagandingiz. Lekin buning aksi bo'ldi.
- Omma bundan xabar topishi shart emasdi.
- Franciya matbuoti siz haqingizda ko'p malumotga ega emas. Balki bunga Liga 1da to'liq mavsumni o'tkazmaganingiz sababdir?
- Ehtimol, shundaydir. PSJ yoki Marsel kabi klublardan farqli o'laroq, matbuot nazaridan chetda qoladigan Loryanda to'p surganman. U erdan esa Angliyaga yo'l oldim. Liga 2 yoki Loryanning o'yinlarini kuzatib boradiganlar meni tanishsa kerak, lekin ko'pchilik yaxshi bilmasligi aniq. Franciyadan ko'ra, Angliyada mashhurroqman.
- Arsen Venger Arsenaldagi 20 yillik yubileyini nishonlayotganda, qo'lga kiritgan sovrinlari emas, balki hech kimga tanish bo'lmagan iqtidorlarni katta futbolga olib kelganidan faxrlanishini aytib o'tgandi. U sizning nomingizni ham tilga olgandi...
- Franciya termasi va Arsenalda Venger tufayli o'ynayapman. Aynan u meni Loryandan sotib olishga qaror qilgan. O'shanda Franciya oliy divizionidagi birinchi mavsumimni o'tkazayotgandim. Butun umr Vengerdan minnatdorman. SHu darajaga etishimda uning hissasi katta.
- Liga 2da Gengam safida o'ynagansiz, so'ngra ortga qadam tashlab, Liga 3 vakili - Turga o'tgansiz. SHunday keyingina Loryan azosi bo'lgansiz...
- Buning ham o'ziga xos plyuslari bor. Faoliyati noodatiy futbolchi bir o'zim emasman. Jiru, Valbuena va boshqa ko'plab futbolchilar ham mening holatimga tushishgan. Biz barcha qiyinchiliklarni engib o'tganmiz. Tinimsiz mehnat qachondir rag'batlantirilishini yaxshi bilamiz. To'g'ri, balki shu darajaga etishim uchun ko'p vaqt kerak bo'lgandir. Ammo ayni paytda har qanday holatga tayyorman.
- Bolaligingiz qanday o'tgan?
- Otam hech qachon biror qarorga kelishimga to'sqinlik qilmagan. Aksincha, hamisha yordam bergan. Biz futbol ruhi bilan yashardik. Mendan 10 yosh katta akam bor, u havaskorlar safida o'ynagan. Hozirda Korrezening Argentat jamoasini boshqarmoqda. Otam esa to'rtinchi divizionda to'p surgan, Valansenn, Briv va Tyul jamoalari sharafini himoya qilgan.
- Bobolaringiz Franciya shimolidagi shaxtalarda ishlagan polshaliklar ekanini unutmaganmisiz?
- Yo'q, garchi Polshaga bog'lanmagan bo'lsamda, unutmaganman. Polyak tilini bilmayman va bu mamlakatga bir marta tashrif buyurganman, xolos. O'shanda Arsenal bilan o'rtoqlik uchrashuviga borgandik. Lekin Valansenn yaqinida tug'ilgan otam ajdodlarimiz haqida gapirib berardi. Korrezega kelgan bobom bilan ko'p vaqtimni o'tkazganman. Ularning hayoti qiyin bo'lganini juda yaxshi bilaman. O'ylashimcha, bobom hozirgi darajamga chiqqanimni bilsa, quvonardi. U Liga 2da Tur safida o'ynayotganimda olamdan o'tgan.
- O'smirlik paytingizda Lansning yoshlar jamoasida o'ynashni istamagansiz. Bunga sabab nima?
- Lansda bolalar bilan yaxshi ishlashadi. Biroq o'sha paytda u men uchun katta klub edi. Gengamga ko'proq mos kelishimni his qilganman. 16 yoshga to'lgandim. O'zim kichik shaharda tug'ilganman, katta shahar urf-odatlariga moslashishim qiyin kechadi, deb hisoblaganman.
- Arsenalda ko'p yillardan buyon o'ynaysiz. Balki Fransua Olland kabi Tyuldan Parijgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tarsiz?
- Yo'q. Parijda hech qachon yashamayman va u erda o'ynamayman. Faoliyatimni Angliyada yoki sobiq jamoam Loryanda yakunlamoqchiman. Kelajagimni Parij jamoasida ko'rmayapman, chunki bolaligimda Marselga muxlislik qilganman. SHu bois ham bu klubning azaliy raqibi safida o'ynay olmayman. Umuman, menga Parijdan ko'ra
H.MASAIDOV tayyorladi
Fikrlar