So’nggi yangiliklar

17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  17 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  27 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1

“Lokomotiv” va “Flitvud Taun” hamkorligi yangi bosqichga chiqadi Yangiliklar

“Lokomotiv” va “Flitvud Taun” hamkorligi yangi bosqichga chiqadi

Xabaringiz bor, 2015 yilda Toshkentning “Lokomotiv” hamda Angliyaning “Flitvud Taun” klublari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

SHunga asosan ingliz klubi bilan bir qator yo'nalishlarda yaqindan xamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Natijada dastavval “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bo'lmish Sergey Proxorov va Rustam Nortojiev “Flitvud Taun” klubida 3 oy malaka oshib qaytishgan edi. Yaqinda “Lokomotiv”ning navbatdagi yosh futbolchilari ingliz klubida tajriba to'plash uchun yo'l olishdi. Yosh istedod egasi Xurmatbek Yo'ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko'ra iqtidorli darvozabon Rustam Nortojiev yana bir bor ingliz klubi mashg'ulotlarida ishtirok etib, mazkur jamoa safida uchrashuvlarda maydonga tushish imkoniga ega bo'lishadi.


Qayd etish joizki, ushbu ikki yosh futbolchilar bilan birgalikda Angliyaga yo'l olgan “Lokomotiv” PFK rasmiy delegaciyasi “Flitvud Taun” jamoasi vakillari bilan bir qator masalalar bo'yicha fikr almashdi hamda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordi.


Sekin-asta o'z tarbiyalanuvchilarini tarkibga jalb etish borasida ish olib borayotgan “Lokomotiv” futbol klubi kelajakda barpo etiladigan futbol akademiyasini aynan “Flitvud” bilan hamkorlikda yo'lga qo'yishni mo'ljallamoqda. SHu boisdan ushbu tashrif mobaynida “Flitvud Taun” akademiyasi rahbari Kiyaran Donnelli bilan futbol akademiyasi tuzilishi, ish tartibi, shuningdek, u erda tahsil oladigan yosh o'yinchilarga yaratiladigan sharoitlar xususida suhbat qurildi.

Qolaversa, “Lokomotiv” delegaciyasi vakillari “Flitvud”da muxlislar bilan ishlash, marketing, o'yinni reklama qilish kabi sohalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.

SHuningdek, o'zaro hamkorlik doirasida “Lokomotiv” futbol maktabining yosh tarbiyalanuvchilari kelasi yili yozda Angliyada tashkil etiladigan xalqaro musobaqa ishtirok etishlari kelishib olindi. Ushbu musobaqada Peru, Meksika, Boliviya, Gollandiya, Irlandiya, Angliya, SHveciya, Franciya, Irlandiya hamda O'zbekiston klublari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика