So’nggi yangiliklar

12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  2 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5

"Lokomotiv" uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Lokomotiv" uch nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Bugundan Superliga klublari uchun yozgi transfer oynasi rasman ochildi.

"Lokomotiv"ni transfer oynasining birinchi kunida uch nafar futbolchi tark etdi. Bular - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Davron Hoshimov hamda yarim himoyachi Oybek Qilichev. 

Tajribali posbon Ignatiy Nesterov "temiryo'lchilar" tarkibiga 2014 yil kelib qo'shilgandi. U dastlabki besh mavsum jamoamiz sharafini himoya qilib uch bor O'zbekiston chempioni, uch bor O'zbekiston Kubogi sohibi, bir marta O'zbekiston Superkubogi sohibi kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi. SHuningdek, 2016 yil jamoamizning Osiyo chempionlar ligasi chorak finalga qadar borishida munosib hissa qo'shdi. 

O'tgan yilning malum bir qismini Saudiya Arabistonining "Ohod" klubida o'tkazgan Nesterov shundan so'ng yana "Loko"ga qaytib Superliga oxirgi beshta turida "temiryo'lchilar" darvozasini himoya qildi. Nesterov bu yilgi mavsumni ham "Loko" safida boshladi va jamoa sardori sifatida futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi. Lekin yozgi transfer oynasi payti u jamoa almashtirishga qaror  qildi va bu niyatini "Lokomotiv" PFK rahbariyati darvozabon xohish-istagidan kelib chiqqan holda qo'llab-quvvatladi. Natijada har ikki tomon roziligi bilan Ignatiy Nesterov shartnomasi bekor qilinib, mohir darvozabon erkin agent sifatida jamoamizni tark etdi. 

Tajribali himoyachi Davron Hoshimov ham "Lokomotiv" bilan xayrlashdi. Bir yarim mavsum klubimiz sharafini himoya qilgan Hoshimov "Loko"ning o'tgan yil O'zbekiston chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi. SHuningdek, yil boshida jamoamizga qo'shilgan tajribali yarim himoyachi Oybek Qilichev ham "temiryo'lchilar"ni tark etdi. "Lokomotiv" PFK har uchala futbolchiga klub oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida omad tilaydi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика