"Lokomotiv" Turkiyadagi birinchi o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi
01 fev 2021 00:55
Yangiliklar


"Lokomotiv" Turkiyadagi birinchi o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi
"Lokomotiv" yig'in davomida to'rtta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishni maqsad qilgan. Jamoaning birinchi o'yini Ukraina klubi "Desna"ga qarshi kechdi. Malumot uchun, "Desna" Ukraina oliy ligasida 3-o'rinda boryapti.
"Loko" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra mazkur bellashuvda ikki xil tarkibni sinab ko'rdi. Birinchi taymda quyidagi futbolchilar asosiy tarkibdan o'rin olishdi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, SHerzod Fayziev, Jaloliddin Jumaboev, SHuhrat Muhammadiev, Sadriddin Abdullaev, Azizbek Amonov, Diyor Turopov, G'ulom-Haydar Gulyamov, Sanjar Qodirqulov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Ikkinchi bo'limda esa ushbu futbolchilar o'yinni boshlashdi: Abdumavlon Abdujalilov, Xurshid Muxtorov, Diego Bardanka, Islom Qobilov, Farrux Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sidiqov, Islom Rashidxonov, Avazbek O'lmasaliev, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev.
O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida zaxiradan Bobur Asqarov bilan Ibrohim G'anixonov tushirildi.
Uchrashuv "Loko" ustunligida kechdi. "Temiryo'lchilar" bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirishdi, lekin gol urish nasib etmadi. SHu tariqa "temiryo'lchilar" Turkiyadagi ilk nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar